YANGI ASR UNIVERSITETI TALABALARI UCHUN OCHIQ MA’RUZA TASHKIL ETILDI

14.10.2025

O‘quv jarayonida ochiq dars, ma’ruza va tadbirlarni hamkor ta’lim muassasalarida o‘tkazish bo‘yicha topshiriqni amalga oshirish doirasida 10-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tadbir tashkil etildi. Ochiq dars mazkur universitetda joylashgan “O‘zbekistonda xorijiy tillar” Internet-portal va ilmiy-metodik jurnali nashriyotida bo’lib o’tdi.

Tadbir tashabbuskori Yangi asr universitetining rus tili kafedrasi dotsenti N.N. Shchitka bo‘lib, u ushbu ma’ruzani “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)” yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich (R-101-23 guruhi) va 4-bosqich (R-101-22 guruhi) talabalari uchun tashkil etdi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar o‘zlari o‘rganayotgan fanlar “Jahon kontekstida o‘zbek adabiyoti”, “Sotsiolingvistika”, “Umumiy tilshunoslik”dan amaliy tatbiqini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Talabalarga zamonaviy filologiya fanining rivojlanish istiqbollari, hamda chet tillarini o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or ilmiy va amaliy yondashuvlarni integratsiyalash zarurligi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” jurnalining faoliyati bilan tanishish jarayonida ishtirokchilar ilmiy nashrlarning xorijiy tillarni o‘qitish va o‘rganish sohasidagi tadqiqotchilar hamda o‘qituvchilarning tajribasini birlashtirishda tutgan o‘rnini alohida o’rgandilar. Tahririyat tuzilmasi bilan bog‘liq muhokamalar esa filologiya yo‘nalishidagi bitiruvchilarning kasbiy faoliyat yo‘nalishlari xilma-xilligini ko‘rsatib, ilmiy nashrlar bilan bog‘liq sohalarda kelajakdagi kasbiy yo‘lni tanlash imkoniyatlarini ochib berdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 − 3 =