YANGI O‘QUV YILI 1-KURSLAR UCHUN 3-SENTYABRDAN, YUQORI KURSLARGA 8-SENTYABRDAN BOSHLANADI

23.08.2025

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:
-akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;
-oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.

Haftalik doirasida:
– talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;
– talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.