O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobini yana bir bor e’tiboringizga havola qilmoqdamiz.

Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.
Kitob muqaddima, 7 bo‘lim va xotimadan iborat. Unda quyidagi bo‘limlar mavjud:
- «Yangi O‘zbekiston strategiyasi»
- «Xalqparvar davlat»
- «Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish»
- «Adolatli ijtimoiy siyosat»
- «Ma’naviy taraqqiyot»
- «Xavfsizlik va tashqi siyosat»
- «O‘zbekiston va umumbashariy muammolar».