Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Yapon filologiyasi yoʻnalishi 2-bosqich amaliyot o’tayotgan talabalariga Yaponiyaning anʼanaviy choy marosimi – “Chanoyu” (茶の湯) yoki “Sado” (茶道) namoyish etildi.


Ushbu tadbir Tsukuba universiteti vakillari Matsumoto Ryo, Yoshida Kaito, shuningdek, JICA Xalqaro hamkorlik agentligi mutaxassislari Sembongi Emiko va Ooʻxori Manami hamda Yapon filologiyasi kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan tashkil etildi.


Choy marosimi – bu sanʼat va falsafa. U shunchaki choy tayyorlash va ichish jarayoni emas, balki falsafiy, estetik va madaniy jihatlarga boy anʼanadir. Bu marosim “wa, kei, sei, jaku” (和敬清寂) – tinchlik, hurmat, tozalik, osoyishtalik tamoyillariga asoslanadi. Ushbu qadriyatlar insonni ichki osoyishtalik, tabiat va goʻzallikka mehr qoʻyishga undaydi.


Bugungi kunda choy marosimi Yaponiyada keng tarqalgan bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlarida ham madaniy almashinuv va tinchlik timsoli sifatida qadrlanadi. OʻzDJTU talabalari uchun bu nafaqat til va madaniyatni oʻrganish tajribasi, balki Yapon an’analarini chuqur his qilish imkoniyati boʻldi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.