YAPONIYANING BUNKYO GAKUIN UNIVERSITETI O’ZBEKISTON DELEGATSIYASINI KUTIB OLDI

02.10.2025

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri rahbarligidagi delegatsiya Yaponiyaning Bunkyo Gakuin universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Jumladan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov uchrashuvda ishtirok etib, universitet prezidenti Tsutomu Fukui hamda universitet boshqaruv kengashi raisi Shimada Masakazu bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, yangi shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Delegatsiya universitet kampusi va fakultetlari bilan tanishdi.

Ta’kidlash joizki, ayni paytda O‘zDJTUning 3 nafar talabasi Bunkyo Gakuin universitetida grant asosida tahsil olmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 + 9 =