O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Yaponiyaning Xorijiy talabalarni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti — Support Organization for Advancement Foreign Students Co., Ltd. (SOAFS) va Ponte Co. Ltd. kompaniyasi vakillarini rasmiy tashrif bilan qabul qildi.


Uchrashuvda SOAFS kompaniyasi rahbari Tetsuo Matsumuro, Ta’lim departamenti direktori Reiko Xamada xonim, shuningdek Ponte Co. Ltd. kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari G‘. Maksudov ishtirok etdi.
Tomonlar yapon tilini yaxshi egallagan, kasbiy ko‘nikmalarga ega O‘zDJTU bitiruvchilarini tayyorlash, ularni Yaponiyadagi yirik kompaniyalarda, xususan turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida ish bilan ta’minlashdan iborat ekanini ta’kidladi.


Ma’lumot o‘rnida, SOAFS kompaniyasi 2023-yil 7-iyunda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 25 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Kompaniyaning asosiy yo‘nalishlari — yapon tili va kasb-hunar ta’limi kurslarini tashkil qilish, marketing faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston fuqarolarini Yaponiyaning yetakchi kompaniyalariga ishga joylashtirishdan iborat.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.