YAPONIYA VA O‘ZBEKISTON OTMLARI O’RTASIDA MASOFAVIY DARS MASHG‘ULOTLARI O’TKAZILMOQDA

26.11.2025

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti O‘zbek va sharq tillari kafedrasi tashabbusi bilan Yaponiyaning KOSEN (National Institute of Technology) ta’lim muassasasi hamda Namangan davlat chet tillari instituti o‘rtasida navbatdagi masofaviy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur innovatsion dars jarayonida ishtirokchi talabalar tomonidan Yaponiya va O‘zbekistonning madaniy merosi va zamonaviy ijtimoiy hayotiga oid taqdimotlar ishlab chiqilib, guruh oldida taqdim etildi. Shuningdek, mashg‘ulot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzularga doir savollar berib, tegishli ilmiy-amaliy javoblarni olishdi.

Ushbu jarayon talabalarning madaniyatlararo kompetensiyasini kengaytirish, xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qildi.

Shuni ta’kidlash joizki, o‘tkazilgan online mashg‘ulot Namangan davlat chet tillari instituti va KOSEN o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamladi. Tadbir talabalar uchun nafaqat ikki xalq madaniyatini qiyosiy o‘rganish imkonini yaratdi, balki ularning madaniyatlararo muloqot, taqdimot qilish va ilmiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga sezilarli hissa qo‘shdi. Mazkur tajriba xalqaro ta’lim maydonidagi hamkorlikning dolzarbligi va yoshlar kompetensiyasini oshirishdagi amaliy ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.