YAPONIYA XALQARO HAMKORLIK AGENTLIGI (JICA) VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
05.03.2024O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari tashrif buyurdi.

JICA volontyorlari koordinatori Iwata Shoichi boshchiligidagi delegatsiya universitet rahbariyati tomonidan kutib olindi. Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda JICA bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari: taʼlim va texnik grantlar ajratish, yangi volontyorlarni taklif qilish, volontyorlarga OʻzDJTUda ishlash uchun sharoitlar yaratish, Yaponiya OTMlari bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
