YAPONIYADA O‘ZBEKISTON SAYOHATIGA BAG‘ISHLANGAN YANGI KITOB NASHR ETILDI

23.03.2025

Mashhur yapon yozuvchisi va fotografigi Yamaki Miho tomonidan “O‘zbekistonga ilk bor sayohat” nomli yangi kitob yapon tilida chop etildi.

Unda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi 44 ta diqqatga sazovor joylar va 700 dan ortiq noyob fotosuratlar keltirilgan.

Kitobda mamlakatimizning tarixi, madaniyati, milliy taomlari va o‘zbek mehmondo‘stligi haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan.