YAPONIYALIK MEHMONLAR BILAN UCHRASHUV: TA’LIM, TAJRIBA VA IMKONIYATLAR ALMASHINUVI
22.05.2025Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Tsukuba universiteti vakillari Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.


Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalar, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilar va talabalar malakasini oshirish kabi masalalarni muhokama qildilar hamda kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli kelishuvlar yuzasidan fikr almashdilar.


Uchrashuvda talabalar uchun Tsukuba shahrida joylashgan Tsukuba universitetida tahsil olish imkoniyatlari, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayoni, yotoqxona va grant dasturlari, shuningdek, xalqaro almashinuv imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.