YAPONIYANING “JTB CORPORATION” VAKILLARI O’zDJTUGA TASHRIF BUYURDI

05.09.2019

Bugun, 5-sentabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga bir guruh yaponiyalik mehmonlar tashrif  buyurdi.

Yaponiyaning turistik byurosi hisoblanuvchi “JTB Corporation” vakillari Takayuki Suzuki, Nozomi Saito hamda Anna Miyauralar universitetda tashkil qilingan shart-sharoitlar, axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Universitet kampusi bilan tanishuvdan so’ng mehmonlar O’zDJTU vakillari bilan rasmiy uchrashuvda bo’ldilar. Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sohasida Yaponiya bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.