Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Yaponiyaning Ninaite kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.


Uchrashuv davomida tomonlar bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash, talabalar uchun amaliyot dasturlarini tashkil etish hamda ularning xorijdagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildilar. Qolaversa, talabalarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash, kasbiy va til koʻnikmalarini rivojlantirish, amaliyotdan soʻng ishga qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Tomonlar yaqin kelajakda hamkorlikni hujjatlashtirish, pilot amaliyot dasturlarini yoʻlga qoʻyish va navbatdagi texnik uchrashuvni oʻtkazish haqida kelishib oldilar.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.