YAPONIYANING «PONTE» JAMIYATI BILAN HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

13.09.2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Yaponiyaning «Ponte» aksiyadorlik jamiyati o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bitiruvchilarni xorijda ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida Yaponiyaning «Ponte» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yapon tilini o’zlashtirgan talaba va bitiruvchilarga Yaponiyada ish o’rinlarini taklif qilish, ularni ishga joylashtirish hamda bunda xorijiy bandlik tashkiloti tomonidan huquqiy va texnik ko’mak ko’rsatish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim sohasida ko’ptomonlama hamkorlik qilishga qaratilgan Kelishuv imzoladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two + 4 =