YAPONIYANING QADIMIY NARA SHAHRIDA “SAMARQAND KUNLARI” FESTIVALI BO’LIB O’TDI
04.07.2023Ushbu tadbirda Samarqand viloyati hokimligi vakillari, tadbirkorlar, hunarmandlar, san’atkorlardan iborat delegatsiya ham ishtirok etdi. Festival davomida o’zbek milliy taomi – palov tayyorlanib, mehmonlarga tortiq qilindi.


Shuningdek, Samarqanddan tashrif buyurgan mehmonlar va hunarmandlar o’z ko’rgazmalari bilan ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilarini o’zbek san’ati bilan keng tanishtirish maqsadida qo’shiq va raqslar namoyish qilindi.


