YASHIL KO‘NIKMALAR BO‘YICHA SHARTNOMA IMZOLANDI

17.01.2026

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan «Green Skills for a Green Economy in Central Asia» loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Xusanov, GIZning O‘zbekistondagi direktori Joachim Fritz hamda loyiha maslahatchisi Jahongir Jo‘rayev ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, dual ta’limni rivojlantirish hamda «yashil iqtisodiyot» sohalari uchun zamonaviy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Mazkur hujjat loyiha doirasida amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab, kelgusida bosqichma-bosqich aniq harakatlar rejasini ishlab chiqish va ajratilgan grant mablag‘laridan samarali foydalanishni nazarda tutadi.