“YASHIL” TRANSFORMATSIYAGA BAGʻISHLANGAN XALQARO ILMIY-AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI

20.12.2025

20-dekabr kuni INNO innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida «Oʻzbekiston–Xitoy: Energetika sohasida “yashil” transformatsiya va barqaror rivojlanish hamkorligi» mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

Seminar INNO innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki tashabbusi bilan Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlari hamda energetika sohasida faoliyat yuritayotgan yirik xalqaro kompaniyalar ishtirokida tashkil etildi.

Unda qayta tiklanuvchi energiya, “yashil” transformatsiya, barqaror rivojlanish, zamonaviy energiya tizimlari, elektrlashtirilgan transport hamda energetika sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Xitoy muhandislik akademiyasi akademigi, Jahon elektromobil assotsiatsiyasi asoschisi va prezidenti professor S.S. Chan, Xitoyning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlari vakillari, shuningdek, Global Energy Interchonnechtion, China Energy Engineering Group, Datang Overseas Investment, NARI Technology, Beijing Sifang Automation kabi xalqaro kompaniyalar ekspertlari ishtirok etdi.