YECHIMLAR (SOLUTIONS) JURNALISTIKASI BO‘YICHA STIPENDIYA

20.12.2021

Climate Tracker bilan hamkorlikda mahalliy miqiyosida ekologik muammolar yechimini yoritishga qaratilgan yechimlar jurnalistikasi bo‘yicha olti oylik (Local Sustainability Solutions Journalism Fellowship) dastur o‘tkazmoqda.

Kimlar ishtirok eta oladi — professional jurnalistikada kamida bir yillik tajribaga ega, yechimlar jurnalistikasiga ixtisoslashgan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan jurnalistlar.

Stipendiya miqdori — 165 AQSh dollari (bir oyga).

Ariza topshirish muddati —7 yanvar 2022 yilgacha.

Talab etiladigan til — ingliz tili.

Dastur haqida batafsil va ariza topshirish ushbu havolada: https://climatetracker.org/global-opportunity-for-solution-reporters/