YEVROPA ITTIFOQI TAʼLIM KO‘RGAZMASINI O’TKAZIB YUBORMANG!

28.09.2023

Toshkent, Samarqand va Namanganda boʻlib oʻtadigan ikkinchi Yevropa Ittifoqi taʼlim ko‘rgazmasini o’tkazib yubormang!

Taʼlim koʻrgazmasida Siz quyidagilarni bilib olasiz:

🔹 Yevropa Ittifoqining 9 ta mamlakatidagi 20 ta nufuzli universitetda oʻqish imkoniyatlari;

🔸 Erasmus Mundus grantlari: Magistratura dasturlari uchun grant imkoniyatlari bilan nufuzli Yevropa universitetlariga kirish;

🔹 Bir yil ichida 2 ta universitet: Erasmus+ orqali har semestr turli oliy oʻquv yurtida oʻqish va dunyoqarashni kengaytirish.

Ko’rgazma o’tkaziladigan manzillar:

📍Toshkent – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

📍Samarqand – “Ipak Yo‘li” Turizm va Madaniy Meros Xalqaro Universiteti

📍Namangan – Namangan davlat chet tillari instituti yaqinida joylashgan Namangan viloyati Turakurgan madaniyat markazi

https://www.erasmus.uz