YEVROPA ITTIFOQI VA YUNESKO HAMKORLIGIDA ILG‘OR KASBIY TAYYORGARLIK MARKAZI (COVE) OCHILDI
21.08.2025Namangan shahrida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekiston qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida modernizatsiya qilingan Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazi (CoVE)ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yevropa Ittifoqi, YuNESKO, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Namangan viloyati va Namangan shahar hokimliklari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy qismida Yevropa Ittifoqining hamkorlik bo‘limi rahbari Vim Riepma, IVED direktori Zayniddin Xudayberdiev, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, ta’lim loyihasi menejeri Hyun Kyung Park va boshqalar so‘zga chiqib, markazni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad va kutilayotgan natijalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.




Shuningdek, markaz direktori Shahnoza Mamajonova ishtirokchilarni Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazining 2026 yildagi rejasi bilan tanishtirdi.
Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazi (CoVE) viloyatimizda kasbiy ta’limni takomillashtirish, kadrlar sifati va salohiyatini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.