YEVROPA XALQARO UNIVERSITETI BILAN STRATEGIK HAMKORLIK O’RNATILDI

31.07.2025

2025-yil 28–30-iyul kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda uning huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi vakillari Yevropa Xalqaro Universiteti (European International University – EIU) bilan strategik hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Dubay shahriga (BAA) xizmat safariga bordilar.

Tashrif davomida tomonlar o‘zaro anglashuvga erishib, hamkorlik bo‘yicha Anglashuv memorandumi (MoU) imzoladilar.

Tashrif davomida tomonlar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida TESOL (Teaching English to Speakers of Other Languages) dasturini joriy etish, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi negizida EIU vakolatxonasini tashkil etish, EIU mutaxassislari ishtirokida trenerlarni tayyorlash va malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish, Fransiyadagi yetakchi professor-o‘qituvchilarni jalb qilish orqali ilg‘or tajribalarni transfer qilish, qo‘shma malaka oshirish dasturlarini texnik va akademik jihatdan ta’minlash, shuningdek, pedagoglar uchun xalqaro darajadagi TESOL sertifikatlarini olish imkoniyatlarini yaratish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida EIU bilan strategik hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, TESOL dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlanib, EIU vakolatxonasini ochishga oid kelishuvga erishildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

14 + 17 =