YOSH TADQIQOTCHILAR TO‘GARAK FAOLIYATI XALQARO MAYDONDA DAVOM ETMOQDA

17.02.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Minsk davlat lingvistika universiteti talabalari “Yosh tadqiqotchilar” klubi doirasida o‘z faoliyatini yanada rivojlantirib, navbatdagi bosqichga qadam qo‘ydi.

Ingliz tili integratsiyalashgan kursi-3 kafedrasi mudiri P.Omanov hamda katta o‘qituvchilari Y.Sharipova, Y.Zemlyankina rahbarligida ikki davlat talabalari Minsk Lingvistika Universitetida bo‘lib o‘tgan “СТУДЕНЧЕСКИЕ НАУЧНЫЕ ЧТЕНИЯ ” (Talabaning ilmiy mutolaasi) nomli 2-ilmiy-amaliy konferensiyada talabalar turli sho‘balarda faol ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda talabalar o‘zlarining ilmiy maqola va taqdimotlari bilan chiqish qilib, bilim va tajribalarini almashishdi.

Bu tadbir nafaqat ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, balki ikki davlat talabalari o‘rtasida madaniy va akademik almashinuvni rivojlantirish uchun ham ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Yosh tadqiqotchilar to‘garagi tashabbuskor o‘qituvchilari va talabalari kelajakda ham shunday loyihalar orqali hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

To‘garakning faoliyati talabalarning xalqaro maydonda ilmiy qiziqishlarini namoyish etish va qolaversa, ingliz tilidagi nutq mahoratini takomillashtirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

Kafedrada mavjud imkoniyatlarda samarali foydalangan holda boshqa xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ham xalqaro aloqalarni o‘rnatish, mavjudlarini yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 − ten =