O’zbekiston yoshlar ittifoqi va Innovatsion rivojlanish vazirligi ilm-fanni milliy qadriyat sifatida shakllantirish, yosh avlodning ta’limga bo’lgan qiziqishini orttirish maqsadida «Yoshlar ilm-fan uchun» kreativ videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda qatnashing, malakangizni oshiring, ilm-fan rivojiga hissa qo’shing va g’olib bo’ling!
Roliklar quyidagi mavzular bo’yicha qabul qilinadi:
- Buyuk ajdodlar merosi;
- Zamonaviy texnologiyalar;
- Eng yaxshi animatsion rolik.
Har bir nominatsiya g’oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
- 1-o’rin- 30 million so’m;
- 2-o’rin- 20 million so’m;
- 3-o’rin 15 million so’m.
Rag’batlantiruvchi mukofot- 5 million so’m
Videoroliklarni 29-fevralgacha (94) 416 09 16 telegram raqamiga yuborishingiz mumkin.
