YOZGI MAKTAB DOIRASIDA KOREYALIK TALABALAR O’ZBEKISTONDA TA’LIM OLMOQDA

10.08.2023

Koreya Respublikasi Kimyong universitetidan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tashkil etilgan yozgi maktabga 9 nafar talaba rus tilini chuqurroq o‘rganish maqsadida keldilar.

Ular 24-iyuldan 18-avgustga qadar O‘zbekistonda bo‘lib, til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bir qatorda O‘zbekiston tarixi, madaniyati va urf odatlari bilan ham yaqindan tanishadilar.