YUNESKO BOSH DIREKTORI OʻRINBOSARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

12.03.2025

Parijda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov YUNESKO Bosh direktori oʻrinbosari Stefaniya Jannini bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida 2025-yil noyabr oyida Samarqandda boʻlib oʻtadigan YUNESKO Bosh konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Qayd etish joizki, hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda jami 8 ta YUNESKO kafedrasi faoliyat yuritmoqda. Ular Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Urganch davlat universiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti hamda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joylashgan. 

Vazir Q. Sharipov inklyuziv taʼlimni rivojlantirish va mazkur sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha qator takliflar bildirdi. Xususan, vazir taʼlim barcha uchun birday imkoniyatga ega boʻlishi kerakligini taʼkidlab, nogironligi bor shaxslar uchun taʼlim olish sharoitlarini yaxshilash, inklyuziv taʼlim metodlarini takomillashtirish hamda maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqish yoʻnalishlarida xalqaro tajribani joriy etish, inklyuziv taʼlimni takomillashtirishda YUNESKO bilan uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidladi.

Shuningdek, tomonlar raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni taʼlim tizimiga integratsiya qilish, texnik mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha hamkorlikni kengaytirish hamda oliy taʼlim muassasalari va iqtisodiyot sektori oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.

https://gov.uz/oz/edu

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nine + eight =