Секреты изучения нового языка

30.07.2019

Хотите выучить новый язык, но не уверены, с чего начать? Вам не нужно обладать особым талантом или иметь «языковой ген», утверждает Лидия Махова. В своём оптимистичном и вдохновляющем выступлении докладчик раскрывает секреты полиглотов (людей, говорящих на многих языках) и делится четырьмя принципами, которые помогут раскрыть ваш уникальный скрытый талант к изучению языков и получать от этого удовольствие.

Источник:
https://ted.com/

(tarjima vaqtiga videodagi TED logotipli kirish qismi hisobga olinmagan)

Uzbek Subtitles:

0:02 — 0:05

Men chet tillarini o’rganishni yoqtiraman. ¶

0:05 — 0:09

Menga bu mashg’ulot shunchalik yoqadiki, men har ikki yilda bitta yangi tilni o’rganaman.

0:09 — 0:11

Hozirda esa sakkizinchisini o’rganayapman.

0:11 — 0:13

Odamlar bu haqda xabar topganlarida doim so’rashadi:

0:14 — 0:16

«Buni qanday qilasan? Siring nimada?»

0:16 — 0:19

To’g’risini aytsam, yillar davomida shunday deb kelganman:

0:19 — 0:21

«Bilmayman. Men tillarni o’rganishni yoqtiraman xolos».

0:22 — 0:24

Ammo bu javob odamlarni hech qachon qoniqtirmagan.

0:24 — 0:28

Ular nega bittagina tilni o’rganish uchun yillarni sarflasa ham, yuqori darajaga

0:28 — 0:30

erisholmasliklarini bilishni xoxlashardi.

0:30 — 0:33

Shunday bir holatda ularning oldida birma-bir tillarni o’rganuvchi men…

0:33 — 0:35

Ular poliglotlarning, ko’plab tillarda so’zlasha oluvchi

0:35 — 0:37

insonlarning sirlarini bilishni xoxlashadi.

0:37 — 0:39

Bunga men ham qiziqib qoldim,

0:39 — 0:41

aslida poliglotlar buni qanday uddalashadi?

0:41 — 0:43

Umumiy tomonlarimiz nimada?

0:43 — 0:45

Bizga boshqa insonlarga nisbatan tilni

0:45 — 0:47

tezroq tilni o’zlashtirishga nima yordam beradi?

0:48 — 0:51

Men o’zimga o’xshash insonlar bilan ko’rishib, buni aniqlashga qaror qildim.

0:52 — 0:54

Eng oson yo’li — bir vaqtning o’zida bir nechasini uchratish, ¶

0:54 — 0:56

yuzlab poliglotlar bir joyda yig’ilib,

0:56 — 0:59

tajriba almashadigan tadbirda.

0:59 — 1:02

Dunyo miqyosida o’tkaziladigan poliglotlar uchun bir necha tadbirlar mavjud.

1:02 — 1:04

Men shu tadbirlarga bordim

1:04 — 1:06

va poliglotlardan ular qo’llaydigan metodlar haqda so’radim.

1:07 — 1:09

Men irlandiyalik Benni bilan tanishdim. ¶

1:09 — 1:13

Aytishicha, uning metodi birinchi kundanoq muloqot qilishga intilishdan iborat.

1:14 — 1:17

U so’zlashgichdan bir necha iboralarni o’rganadi va

1:17 — 1:19

shu tilda gaplashadigan inson bilan tanishadi.

1:19 — 1:22

Orqaga surmasdan darrov muloqot qilishni boshlash uchun.

1:22 — 1:24

U agar kuniga 200 marta xato qilsa ham bundan havotirlanmaydi.

1:24 — 1:27

Chunki u shunday o’rganadi, muloqot orqali.

1:27 — 1:31

Hozirgi kunda buning uchun unga sayohat qilish ham kerakmas, va bu ajoyib!

1:31 — 1:34

Chunki hozirda boshqa tilda gaplashuvchi insonlar bilan gaplashish oson,

1:34 — 1:36

o’z xonangizdan chiqmasdan, veb-saytlar orqali.

1:36 — 1:38

Yana men braziliyalik Lukasni uchratdim, ¶

1:38 — 1:41

uning rus tilini o’rganishdagi qiziq metodi bilan tanishdim.

1:41 — 1:47

U Skype’da istalgan yuzlab ruslarga do’stlik takliflari yuboradi,

1:47 — 1:51

va istalgan bittasini tanlab chat oynasini ochadi.

1:51 — 1:52

Va «Привет» deb yozadi.

1:53 — 1:56

U inson «Привет, как дела?» javob yozadi.

1:56 — 2:00

Lukas buni «копировать» qiladi va boshqa bir chatga tashlaydi,

2:00 — 2:04

u chatdagi inson esa bunga: «Я хорошо, спасибо, а как ты?» deb yozadi.

2:04 — 2:07

Lukas buni ham nusxalaydi va birinchi insonga yuboradi.

2:07 — 2:10

Va shu yo’l bilan u orqali ikkita inson o’zlari bilmagan holda

2:10 — 2:12

bir-biri bilan gaplashadi.

2:12 — 2:13

(Kulgu) ¶

2:13 — 2:15

Va tez orada o’zi ham yozishni boshlaydi. ¶

2:15 — 2:17

Suhbatlar soni ko’payib,

2:17 — 2:20

endi uning o’zi ham tushuna boshlaydi.

2:20 — 2:22

Mohirona metod, shunday emasmi?

2:22 — 2:27

Keyin men o’rganishni shu tildagi tovushlarni qo’llash bilan boshlaydigan, ¶

2:27 — 2:31

shu tilda eng ko’p ishlatiladigan 500 ta so’zdan boshlaydigan, va hattoki

2:31 — 2:35

grammatikasini o’rganish bilan boshlaydiganlarni ham ko’rdim.

2:36 — 2:38

Yuzlab poliglotlardan so’rab,

2:38 — 2:42

siz yuzta tur xil usullarni eshitishingiz mumkin.

2:42 — 2:45

Har birining o’zining til o’rganish metodi bor,

2:45 — 2:49

lekin hammamiz bir xil natijaga erishamiz: bir necha tilda oson gapiramiz.

2:50 — 2:54

O’z usullari haqida gapirayotgan barcha poliglotlarni tinglayotib, ¶

2:54 — 2:57

men shuni tushundim,

2:57 — 3:00

bizni bir narsa bog’laydi:

3:00 — 3:05

biz til o’rganish jarayonidan zavq olishning yo’llarini topganmiz xolos.

3:05 — 3:08

Barcha poliglotlar o’zlarining til o’rganishlari haqida

3:08 — 3:10

zavq oladigan mashg’ulotdek gapirishardi.

3:10 — 3:11

Ularning chehralarini ko’rsangiz edi.

3:11 — 3:14

O’zlarining rangli grammatik jadvallarini namoyish etishlarini,

3:14 — 3:16

qo’lda yasalgan yangi so’zlar yozilgan kartochkalar,

3:16 — 3:19

va ularning dasturlar orqali so’z organish statistikalarini.

3:19 — 3:24

Hattoki chet tilida yozilgan retseptlar bo’yicha ovqatlar tayyorlashar edi.

3:25 — 3:26

Har biri turli xil metodlar qo’llashadi.

3:26 — 3:30

Shu bilan birga ular tanlagan metod ularga zavq olibn kelishiga untilishadi.

3:30 — 3:34

Aslida men ham shunga o’xshash yo’l bilan til o’rganishimni tushundim. ¶

3:34 — 3:38

Men ispan tilini o’rganayotganimda darslikdagi matnlardan zerikkan edim.

3:38 — 3:39

Temir yo’l bekatiga qanday o’tish haqida so’rayotgan

3:40 — 3:43

Xose haqida o’qish kimga qiziq, to’g’rimi?

3:43 — 3:45

O’rniga men «Garri Potter»ni o’qishni xoxladim,

3:45 — 3:47

juda ko’p marotaba o’qigan,

3:47 — 3:49

bolalik davrimdagi eng sevimli kitobim.

3:49 — 3:52

«Garri Potter»ning ispancha tarjimasini topdim va o’qishi boshladim.

3:53 — 3:56

Boshida, albatta, men deyarli hech narsani tushunmadim,

3:56 — 3:58

lekin bu kitobni yoqtirganim uchun o’qishda davom etdim.

3:58 — 4:02

Va oxiriga kelganimda muammolarsiz tushuna boshladim.

4:02 — 4:05

Xuddi shu holat nemis tilini boshlaganimda ham bo’ldi.

4:05 — 4:08

Sevimli serialim «Friends»ni nemis tilida ko’rishga qaror qildim,

4:08 — 4:11

va yana boshida hammasi tushunarsiz edi.

4:11 — 4:15

Qachon bitta so’z tugab, boshqasi boshlanayotganini tushunmasdim.

4:15 — 4:17

Lekin men har kuni ko’rishda davom etdim, chunki bu «Friends».

4:17 — 4:20

Men uni istalgan tilda ko’rishim mumkin, juda yaxshi ko’raman.

4:20 — 4:22

Va nihoyat 2-3 fasldan keyin

4:22 — 4:24

men ular nima deyotganini tushuna boshladim.

4:25 — 4:28

Boshqa poliglotlar bilan ko’rishgach, shuni tushundim: ¶

4:28 — 4:30

bizlar daho emasmiz,

4:30 — 4:32

bizda tezkor, oddiy til o’rganish usullari ham yo’q.

4:32 — 4:36

Biz faqat bu jarayondan zavqlana olamiz.

4:36 — 4:39

Til o’rganishni zerikarli maktab darsidan

4:39 — 4:43

har kungi yoqimli mashg’ulotga aylantirgan holda.

4:44 — 4:46

Agar so’zlarni qog’ozga yozishni yoqtirmasangiz,

4:46 — 4:47

siz ularni dasturda saqlashingiz mumkin.

4:47 — 4:50

Agar darslikdagi zerikarli materiallarni eshitishni yoqtirmasangiz,

4:50 — 4:55

unda YouTube yoki podkastlarni shu tilda topishingiz mumkin.

4:55 — 4:56

Agar xarakterga ko’ra introvert bo’lsangiz

4:56 — 4:59

va kim bilandir muloqotni tasavvur qila olmasangiz,

4:59 — 5:02

unda ichki monolog metodidan foydalanishingiz mumkin.

5:02 — 5:04

O’z xonangizda hotirjam o’z-o’zingiz bilan gaplashing,

5:04 — 5:07

hafta rejasini, kun qanday o’tganini gapirib bergan,

5:07 — 5:09

yoki telefondagi istalgan bir rasmni olib,

5:09 — 5:13

uni tasvirlab bergan holda.

5:13 — 5:16

Mana poliglotlar tillarni qanday o’rganadi.

5:16 — 5:19

Eng yaxshi tomoni shuki, bu til o’rganishni xoxlagan

5:19 — 5:21

barcha uchun qulaydir.

5:23 — 5:25

Boshqa poliglotlar bilan uchrashuv menga ¶

5:25 — 5:28

til o’rganishdan zavqlana olish juda muhim

5:28 — 5:30

ekanligini tushunishimga yordam berdi.

5:30 — 5:33

Lekin bitta buning o’zi kamlik qiladi.

5:34 — 5:36

Agar ma’lum bir tilda erkin muloqot qilishni xoxlasangiz,

5:36 — 5:39

siz yana uchta qoidaga amal qilishingiz kerak.

5:40 — 5:42

Birinchidan, samarali metodlardan foydalaning. ¶

5:43 — 5:47

Agar siz ertaga testda tushadigan so’zlarni yodlashga harakat qilsangiz,

5:47 — 5:49

so’zlar sizning qisqa xotirangizga joylashadi,

5:49 — 5:51

siz ularni bir necha kun o’tib unutib yuborasiz.

5:51 — 5:54

Agar so’zlar uzoq xotirada saqlanishini xoxlasangiz,

5:54 — 5:57

siz ularni bir necha kun davomida takrorlab yurishingiz kerak,

5:57 — 6:00

intervalli takrorlash yordamida.

6:00 — 6:04

Siz buning uchun Anki yoki Memrise kabi dasturlarni qo’llashingiz mumkin.

6:04 — 6:07

Yoki poliglotlar orasida keng qo’llaniladigan «Oltin ro’yhat» metodi

6:07 — 6:10

ya’ni daftarga so’zlarni yozib borishdan foydalaning.

6:10 — 6:14

Agar qaysidir metod samarali yoki sizga qulay ekaniga ishonchingiz komil bo’lmasa,

6:14 — 6:17

poliglotlarning YouTube kanallari va vebsaytlarini kuzating,

6:17 — 6:18

ulardan ilhomlanish mumkin.

6:19 — 6:21

Agar bu usullar ularda ishlasa, demak sizga ham asqotishi kerak.

6:23 — 6:25

Uchinchi qoida, bu o’rganish jarayonda ¶

6:25 — 6:27

tizimli yondashuvni qo’llay olish.

6:28 — 6:32

Biz hammamiz juda bandmiz va odatda bizga til o’rganish uchun vaqt yetmaydi.

6:32 — 6:36

Lekin biz agar hammasini oldindan rejalashtirsak bo’sh vaqt topa olamiz.

6:36 — 6:39

Siz odatdagidan 15 daqiqa oldinroq uyg’ona olasizmi?

6:39 — 6:42

Bu so’zlarni takrorlash uchun eng qulay vaqt bo’lgan bo’lardi.

6:43 — 6:46

Ishga ketayotib yoki mashina boshqarayotib podkastlarni tinglay olasizmi?

6:46 — 6:50

Chet tilidagi nutqni eshita boshlash siz uchun foydali bo’ladi.

6:50 — 6:53

Rejalashtirmasdan ham qilsa bo’ladigan ko’plab mashg’ulotlar bor.

6:53 — 6:56

Masalan, podkastlarni siz ishga ketayotib yoki

6:56 — 6:58

uyingizni tozalayotib tinglashingiz mumkin.

6:58 — 7:01

Til o’rganish rejasini tuzish muhimdir.

7:01 — 7:03

«Men har seshanba va payshanba o’rtog’im bilan

7:03 — 7:05

muloqot qilishni 20 daqiqa mashq qilamiz.

7:06 — 7:10

Nonushta payti YouTubeda videolarni tinglayman».

7:10 — 7:12

Agar siz tizimli yondashuvni qo’llasangiz,

7:12 — 7:14

vaqt yetishmovchiligini his qilmaysiz,

7:14 — 7:16

til o’rganish hayotingizni bir bo’lagiga aylanadi.

7:18 — 7:21

Va so’ngida siz bu tilni mukammal bilishni xoxlasangiz, ¶

7:21 — 7:24

sizdan yanada sabr talab etiladi.

7:25 — 7:27

Ikki oy ichida tilni o’rganishning iloji yo’q,

7:27 — 7:31

lekin ikki oy ichida sezilarli progressga erishish mumkin.

7:31 — 7:35

Albatta har kuni oz-ozdan, jarayondan zavqlangan holda o’rgangan bo’lsangiz.

7:35 — 7:37

Va bizni shaxsiy rivojlanishimizdanda ko’proq

7:37 — 7:38

ilhomlantiruvchi narsa yo’q.

7:39 — 7:41

Men «Friends» serialida birinchi marta ¶

7:41 — 7:45

nemis tilidagi hazilni tushungan lahzamni juda yaxshi eslayman.

7:45 — 7:47

Men juda baxtiyor va ilhomlangan edim.

7:47 — 7:50

Men shu kuni odatdagidan ikki seriya ko’proq ko’rdim,

7:50 — 7:52

va ko’rayotib

7:52 — 7:56

men sahnalarni yanada yaxshi tushunishni boshladim.

7:56 — 8:00

Mening kichkina g’alabam meni qadamma-qadam yangi darajaga,

8:00 — 8:03

bu tilni qo’llay olishimga olib keldi.

8:03 — 8:04

Bu ajoyib hissoyot!

8:05 — 8:06

Menga bu his shunchalik yoqdiki,

8:07 — 8:09

men har ikki yilda yangi til o’rganaman.

8:09 — 8:11

Mana poliglotlarning asosiy siri. ¶

8:11 — 8:14

Ma’lum bir vaqt oralig’ida tizimli qo’llasa bo’ladigan

8:14 — 8:18

samarali metodni topish va bu jarayondan zavqlanish.

8:18 — 8:22

Poliglotlar tillarni aynan shunday o’rganishadi, yillar emas, oylar davomida.

8:23 — 8:25

Hozir kimlardir o’ylashi mumkin: ¶

8:25 — 8:27

«Bu albatta chiroyli eshitiladi, zavq olish…

8:27 — 8:30

lekin asosiy sir bu siz poliglotlarning bizlarga qaraganda

8:30 — 8:32

superqobiliyat egasi ekanliklaringizda emasmi?»

8:33 — 8:36

Benni va Lukas haqida men sizlarga aytmagan yana bir narsa bor. ¶

8:37 — 8:43

Benni maktabda 11 yil irlandcha va 5 yil nemis tilini o’rgangan.

8:43 — 8:46

Maktabni tamomlagach, u bu tillarda umuman gapira olmasdi.

8:46 — 8:50

21 yoshgacha u o’zida «til o’rganish geni» yo’q

8:50 — 8:53

va chet tillarida gapira olmayman deb hisoblardi.

8:53 — 8:56

Keyin u til o’rganishda o’zining yo’lini qidira boshladi,

8:56 — 9:00

turli xil tillarda gapiruvchi insonlar bilan muloqotga kirishishga intildi.

9:00 — 9:04

Va bugun Benni 10 xil tilda suhbat qura oladi.

9:05 — 9:08

Lukas maktabda ingliz tilini o’rganishga 10 yil uringan.

9:08 — 9:11

U sinfdagi eng yomon o’quvchilardan biri bo’lgan.

9:11 — 9:13

Hattoki do’stlari uning ustidan kulishgan

9:13 — 9:15

va hazil tariqasida unga rus tili darsligini berishgan.

9:15 — 9:19

Ular u hech qachon bu yoki boshqa tilni o’zlashtirolmaydi deb o’ylashgan.

9:19 — 9:21

Shunda Lukas turli metodlarni tajriba qilib,

9:22 — 9:23

o’z usulini qidira boshlagan.

9:25 — 9:29

Masalan, Skype orqali notanish insonlar bilan muloqot.

9:29 — 9:31

Va oradan 10 yil o’tib

9:31 — 9:34

Lukas 11 ta tilda bemalol gaplasha oladi.

9:35 — 9:37

Bu mo’jizadek eshitiladimi? ¶

9:37 — 9:40

Men har kuni bunday mo’jizalarni guvohi bo’laman.

9:41 — 9:42

Til o’rganish bo’yicha konsultant sifatida

9:42 — 9:45

ko’pchilikka tillarni mustaqil o’rganishida yordamlashaman,

9:45 — 9:46

va bu mo’jizani har kuni ko’raman.

9:46 — 9:50

Odamlar til o’rganishga 5 yil, 10 yoki hattoki 20 yil harakat qilishadi,

9:50 — 9:54

va ular o’rganishni o’z qo’llariga olganlarida,

9:54 — 9:57

o’zlariga yoqadigan material va metodlarni qo’llay boshlaganlarida,

9:57 — 9:59

yoki o’z ta’limini kuzatib,

9:59 — 10:02

o’z rivojlanishiga baho berishni boshlaganlarida,

10:02 — 10:04

aynan shu vaqtdan boshlab, go’yoki

10:04 — 10:08

mo’jizadek ko’ringan til o’rganish qobiliyatini o’zida kuzatishni boshlashadi.

10:09 — 10:12

Shunday ekan, agarda siz ham til o’rganishga ¶

10:12 — 10:14

harakat qilib, keyin bu juda qiyin yoki men

10:14 — 10:16

qobiliyatsizman deb tashlab qo’ygan bo’lsangiz,

10:16 — 10:18

yana bir bor urinib ko’ring.

10:18 — 10:21

Balki sizga tilni yaxshi o’zlashtirish uchun

10:21 — 10:23

qiziqarli metod yetishmayotgandir.

10:23 — 10:27

Balki sizga poliglot bo’lishingiz uchun bor-yo’g’i bitta metod yetishmayotgandir.

10:27 — 10:28

Rahmat. ¶

10:28 — 10:32

(Qarsaklar)

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. marufjovliyev
    #1 marufjovliyev 10 декабря, 2021, 00:12

    Super video rolik
    Tarjima qilganlarga,shu videoni korishimga sababchi bolganlarga kattakon raxmat!

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × один =