Внутри ума мастера прокрастинатора

29.07.2019

Внутри ума мастера прокрастинатора | Тим Урбан

Тим Урбан знает, что промедление не имеет смысла, но он никогда не мог избавиться от своей привычки ждать до последней минуты, чтобы добиться цели. В этом веселом и проницательном разговоре Урбан проводит нас через путешествие по YouTube, по кроличьим ямам в Википедии и приступам пялиться в окно — и призывает нас задуматься над тем, на что мы действительно откладываем, прежде чем у нас закончится время.

Subscribe to channel: http://www.youtube.com/user/TEDtalksDirector

Uzbek Subtitles:

0:13 — 0:14 Universitetda men

0:15 — 0:17 davlat boshqaruvini o’rgandim.

0:17 — 0:19 Shuning uchun menga ko’p yozma ishlar berishardi.

0:19 — 0:21 Oddiy talabalar buni bajarishda

0:21 — 0:24 ishni quyidagidek taqsimlashadi.

0:24 — 0:25 Demak, tushundingiz…

0:25 — 0:27 Oz-ozdan boshlaysiz,

0:27 — 0:29 Birinchi hafta

0:29 — 0:31 xuddi shunday hajmda yozasiz.

0:31 — 0:32 Keyin ishni yanada tezlashtirib,

0:32 — 0:35 so’ngida o’z vaqtida topshirish uchun.

0:35 — 0:36 (Kulgu)

0:36 — 0:38 Men ham doim shunday qilishni xohlaganman.

0:38 — 0:39 Shunday rejalashtirganman.

0:39 — 0:42 Shunday ham bo’lganki, men deyarli ishni boshlardimu

0:42 — 0:44 keyin hammasi birdan o’z-o’zidan buzilib ketardi.

0:44 — 0:46 Keyin mana bunday holat yuzaga kelardi.

0:46 — 0:49 (Kulgu)

0:49 — 0:51 Doim shunaqa bo’laverardi.

0:52 — 0:56 Keyin esa 90 betlik diplom ishini yozish vaqti keldi.

0:56 — 0:58 g’oyasi bo’yicha unga bir yil ajratilardi.

0:58 — 1:01 Biroq diplom ishi uchun bu yondashuvim ish bermaydi deya fikrlay boshladim.

1:01 — 1:03 Bu juda katta proyekt.

1:03 — 1:04 Hammasini rejalashtirib,

1:04 — 1:07 quyidagicha ish tutishga qaror qildim.

1:08 — 1:09 Bu mening bir yillik rejam.

1:09 — 1:11 Behazil, boshlayman, dedim o’zimga.

1:11 — 1:14 O’rtasiga yaqin tempni oshiraman,

1:14 — 1:16 oxirroqda esa yanada tezlashaman.

1:16 — 1:18 Shunday zinapoya kelib chiqdi.

1:18 — 1:20 Zinama-zina ko’tarilish — oddiy!

1:20 — 1:22 Juda oson, to’g’rimi?

1:23 — 1:25 Lekin keyin qiziq narsa yuz berdi.

1:25 — 1:26 Dastlabki oylar

1:27 — 1:28 kelishdi va ketishdi,

1:28 — 1:30 men xatto boshlaganim ham yo’q.

1:30 — 1:31 Shuning uchun yangi reja paydo bo’ldi.

1:31 — 1:33 Aniqroq.

1:33 — 1:34 Keyin esa…

1:34 — 1:36 (Kulgu)

1:36 — 1:39 Ketidan o’rtadagi oylar ham o’tib ketdi.

1:39 — 1:41 Men esa yozishni boshlamadim ham.

1:41 — 1:43 Shunday jarayon…

1:44 — 1:46 Keyin esa ikki oy bir oyga aylandi,

1:46 — 1:48 keyin ikki haftaga.

1:48 — 1:49 Bir kuni uyg’onsam,

1:50 — 1:52 topshirish kunigacha uch kun qolgan.

1:54 — 1:55 Menda birorta so’z ham yozilmagan.

1:55 — 1:58 Shuning uchun men yagona yo’lni tanladim:

1:58 — 2:00 90 ta betni 72 soatda yozdim.

2:00 — 2:02 Bittamas, ikkita to’liq tunni uyqusiz o’tkazib.

2:02 — 2:05 Inson uchun ikkita ketma-ket uyqusiz tun juda zarar.

2:06 — 2:08 Butun kampus bo’ylab yugurib bordim,

2:08 — 2:10 sekinlashtirilgan kadrdagidek.

2:10 — 2:12 Oxirgi soniyalarda topshirishga ulgurdim.

2:12 — 2:14 Endi hammasini qutuldim deb o’ylagan edim.

2:14 — 2:16 Lekin bir hafta o’tib qo’ng’iroq chalindi,

2:16 — 2:17 universitetdan qo’ng’iroq qilishdi.

2:18 — 2:19 So’rashdi: «Tim Urban?»

2:19 — 2:21 Javob berdim: «Xa».

2:21 — 2:23 Ular: «Siz bilan diplom ishingizni muhokama qilishimiz kerak».

2:23 — 2:25 «Yaxshi», — dedim.

2:25 — 2:27 Ular davom etishdi:

2:27 — 2:29 «Bu xotiramizdagi eng zo’r diplom ishi».

2:29 — 2:31 (Kulgu)

2:32 — 2:35 (Qarsaklar)

2:37 — 2:38 Afsuski, unaqa bo’lmadi.

2:38 — 2:40 (Kulgu)

2:40 — 2:43 Diplom ishi juda-juda yomon edi.

2:43 — 2:45 (Kulgu)

2:45 — 2:49 Men faqat bu lahzadan rohatlangim keldi, men haqda

2:50 — 2:51 «Barakalla, qoyil! Yashavor!» deganlaringizda.

2:51 — 2:53 (Kulgu)

2:53 — 2:54 Yo’q, diplom ishi foydasiz edi.

2:55 — 2:59 Mana, hozir esa men yozuvchi va blogerman.

2:59 — 3:01 Mening blogim Wait But Why deb nomlanadi.

3:01 — 3:04 Ikki yil oldin men prokrastinatsiya haqida yozishga qaror qildim.

3:04 — 3:08 Mening harakatlarim atrofimdagi prokrastinator bo’lmaganlarni doim o’ylantirardi.

3:08 — 3:11 Va men butun dunyoga shu narsani sibotlagim keldiki,

3:11 — 3:13 prokrastinatorlarning miyasida nimalar kechadi,

3:13 — 3:15 nega biz bunaqamiz.

3:15 — 3:16 Menda shunday teoriya bor edi,

3:16 — 3:18 prokrastinatorning miyasi aslida

3:18 — 3:21 boshqalarnikiga qaraganda farq qiladi deb o’ylardim.

3:22 — 3:24 Buni tekshirish uchun men MRTga bordim.

3:24 — 3:26 U yerda meni va sinalgan, prokrastinator bo’lmagan

3:26 — 3:29 insonni miyasini skanerlashdi.

3:29 — 3:30 Taqqoslash uchun.

3:31 — 3:33 Men sizlarga ko’rsatish uchun natijalarni olib keldim.

3:33 — 3:35 Yaxshilab qarang: farqni ko’ra olasizmi.

3:35 — 3:38 Bilaman, sizlarni bunga o’rgatishmagan,

3:38 — 3:41 buni ko’ra olish osonmas — shundayam harakat qilib ko’ring.

3:41 — 3:43 Bu prokrastinator bo’lmagan insonning miyasi.

3:44 — 3:46 (Kulgu) [Ratsional inson]

3:46 — 3:47 Mana bu esa…

3:48 — 3:50 mening miyam.

3:50 — 3:53 (Kulgu)
[Lahzali zavqlanishni talab qiluvchi maymun]

3:56 — 3:57 Farq katta.

3:58 — 4:00 Undayam, bundayam ratsional inson bor.

4:00 — 4:02 Lekin prokrastinatorning miyasida

4:02 — 4:05 lahzali zavqlanishni talab qiluvchi maymun ham yashaydi.

4:05 — 4:07 Prokrastinator uchun bu qanday yakun topadi?

4:07 — 4:10 Quyidagi holat yuz bermagunicha hammasi yaxshi.

4:10 — 4:12 [Ishlashning ayni vaqti.] 
[Yo’q!]

4:12 — 4:15 Ratsional inson ratsional qarorlar chiqaradi.

4:15 — 4:17 Unumli ishlash…

4:17 — 4:19 Lekin maymunchaga bu reja yoqmaydi.

4:19 — 4:21 U shturvalni o’z qo’liga oladi

4:21 — 4:24 va shunday deydi: «Yaxshisi, Vikipediyani o’qiymiz,

4:24 — 4:26 Nensi Kerrigan va Tonya Harding o’rtasidagi mojaro haqida,

4:26 — 4:28 negadir birdan ular esimga tushib qoldi».

4:28 — 4:29 (Kulgu)

4:29 — 4:30 Keyin…

4:30 — 4:32 (Kulgu)

4:32 — 4:34 Keyin biz muzlatgich yoniga boramiz,

4:34 — 4:36 xuddi oxirgi 10 daqiqa ichida u yerda nimadir o’zgargandek.

4:37 — 4:39 Keyin esa bizni YouTube girdobiga tortib ketadi:

4:39 — 4:42 Richard Faynmanning magnitlar haqidagi suhbatidan boshlaymiz,

4:42 — 4:45 va katta yo’l bosib o’tilgach bu jarayonni

4:45 — 4:47 Jastin Biberning onasi ishtirokidagi intervyu bilan yakunlaymiz.

4:47 — 4:49 (Kulgu)

4:49 — 4:51 Bu juda katta vaqt oladi.

4:51 — 4:55 Shuning uchun ishlashga vaqt ajratish bizda deyarli o’xshamaydi.

4:55 — 4:56 Meni kechir…

4:56 — 4:57 (Xo’rsinadi)

4:58 — 5:02 Xo’sh, aslida nima yuz beradi?

5:03 — 5:06 Maymuncha — rulni boshqarish uchun

5:06 — 5:07 yaxshi kandidat emas.

5:07 — 5:09 U hozirgi vaqt bilan yashaydi.

5:09 — 5:12 U o’tmishni eslamaydi va kelajakni bilmaydi.

5:12 — 5:14 Uni faqat ikkita narsa qiziqtiradi:

5:14 — 5:16 hammasi oddiy va quvnoq bo’lishi kerak.

5:16 — 5:19 Hayvonot olamida bu zo’r ishlaydi.

5:19 — 5:21 Agar siz it bo’lsangiz,

5:21 — 5:24 butun umringizni faqat quvnash bilan o’tkazsangiz,

5:24 — 5:25 siz juda muvaffaqiyatli itsiz!

5:25 — 5:27 (Kulgu)

5:27 — 5:29 Maymuncha uchun

5:30 — 5:32 insonlar ham xuddi shunday jonivor.

5:32 — 5:37 Uning fikricha siz yaxshigina uxlab olishingiz, ovqatlanib olishingiz va ko’payishingiz kerak.

5:37 — 5:39 Bu albatta g’orda yashash davrida ish berardi.

5:39 — 5:42 Xali payqamagan bo’lsangiz — biz endi g’orlarda yashamaymiz.

5:42 — 5:46 Biz bu rivojlangan sivilizatsiyamiz, maymunchaning esa bundan umuman habari yo’q.

5:46 — 5:48 Shuning uchun, miyamizda yana bir personaj bor:

5:48 — 5:51 ratsional insoncha.

5:51 — 5:54 Boshqa jonivorlar qila olmaydigan ishlarni bajara oladigan,

5:54 — 5:56 kelajakni tasavvur qila oladigan,

5:56 — 5:57 to’liq kartinani ko’ra oladigan,

5:57 — 5:59 uzoq rejalar tuza oladigan,

5:59 — 6:01 va bularni nazorat qilishni xoxlaydigan ratsional inson.

6:02 — 6:04 U xoxlaydiki, biz aynan hozir ma’no

6:04 — 6:07 anglatadigan ishni bajarishimizni. Hozir.

6:07 — 6:08 Albatta ba’zan oson, yoqimli

6:08 — 6:10 bo’lgan ishlarni qilishda ham ma’no bor.

6:10 — 6:12 Masalan, ovqatlanish yoki uxlash,

6:12 — 6:14 yoki o’zingizga loyiq holda dam olish.

6:14 — 6:16 Shuning uchun ba’zan maqsadlar

6:16 — 6:18 tutashishadi: ba’zan maymuncha va

6:18 — 6:20 ratsional insonning maqsadi bir xil bo’ladi.

6:20 — 6:24 Lekin ba’zida qiyin va o’zimizga yoqmaydigan ishlar

6:24 — 6:26 bizga ko’proq foydalidir.

6:26 — 6:27 Va aynan shunda konflikt yuzaga keladi.

6:28 — 6:29 Prokrastinator uchun

6:29 — 6:32 bu konflikt doim bir xil yakun topadi:

6:32 — 6:36 u ko’p vaqtni to’q sariq zonada sarflaydi.

6:36 — 6:40 U yerda hammasi oson, zavqli, va ratsionallik doirasidan tashqarida.

6:40 — 6:42 Men buni Yovuz o’yin maydonchasi deb atayman.

6:42 — 6:44 (Kulgu)

6:44 — 6:47 Yovuz o’yin maydonchasi.

6:47 — 6:50 Barcha prokrastinatorlarga juda yaxshi tanish.

6:51 — 6:53 U yerda barcha o’yin-kulgu aynan

6:53 — 6:56 o’yin-kulguni vaqti emas, bandlik yuqori bo’lgan paytda bo’ladi.

6:56 — 6:58 Yovuz o’yin maydonchaning o’yin-kulgusi

6:58 — 7:01 aslida hech qanday o’yin-kulgu emas,

7:01 — 7:04 siz o’zingizda aybdorlik hissi, qo’rquv va o’zingizga bo’lgan nafratni his qilasiz.

7:04 — 7:06 Barchasi prokrastinatorning ajoyib yo’ldoshlari.

7:07 — 7:10 Maymuncha shturvalda turgan bir paytda asosiy savol:

7:10 — 7:14 prokrastinator qanday qilib o’zini ko’k zonaga o’tkazishi kerak?

7:14 — 7:17 U yerda unchalik yoqimli emas, lekin eng muhim ishlar ham o’sha yerda amalga oshadi.

7:17 — 7:22 Aslida, prokrastinatorlarda qutqaruvchi-farishta bor ekan,

7:22 — 7:25 u doim orqamizdan kuzatadi,

7:25 — 7:27 eng qiyin paytda paydo bo’ladi

7:27 — 7:29 — uning ismi Vahimali Mahluq.

7:29 — 7:32 (Kulgu)

7:34 — 7:39 Bu mahluq ko’pincha uyquda yotadi,

7:39 — 7:43 lekin berilgan vaqt tugayotganda birdan uyg’onib ketadi, yoki sizni

7:43 — 7:45 ommaviy sharmandalik kutayotgan bo’lsa.

7:45 — 7:48 Ishdagi muvaffaqiyatsizlik yoki boshqa oqibatlar.

7:48 — 7:52 Shunisi muhimki, Mahluq — bu maymuncha juda qattiq qo’rqadigan yagona jonzotdir.

7:52 — 7:57 Oxirgi paytlarda menda u bilan juda ko’p narsa bog’liq.

7:57 — 8:00 Chunki, 6 oy oldin meni

8:00 — 8:02 TED da nutq qilish uchun taklif qilishdi.

8:02 — 8:04 (Kulgu)

8:07 — 8:09 Albatta men rozi bo’ldim.

8:09 — 8:13 Doim orqaga, o’tmishimga qarab, TED da qanday gapirganimni eslashni xohlar edim.

8:13 — 8:17 (Kulgu)
[Bir paytlar men TED da nutq qilganman.]

8:17 — 8:21 (Qarsaklar)

8:24 — 8:26 Lekin shunday bir quvonchli lahzada

8:26 — 8:29 ratsional insonni bir narsa xavotirga solar edi.

8:30 — 8:32 U shunday derdi: «Biz nimaga rozi bo’lganimizni tushunayapmizmi?

8:32 — 8:35 Ertaga nima bo’lishini bilamizmi?

8:35 — 8:38 Hozir o’tirib shuning ustida bosh qotirishimiz kerak».

8:38 — 8:41 Maymuncha esa: «Butunlay qo’shilaman, hozircha esa Google Earthni ochamiz,

8:41 — 8:44 Hindistonning janubini 60 metr balandlikdan kuzatamiz,

8:44 — 8:48 va to shimoligacha borguncha yarim soat sarflaymiz,

8:48 — 8:50 axir Hindistonni yaxshi o’rganishimiz kerakku».

8:50 — 8:54 (Kulgu)

8:55 — 8:57 O’sha kuni biz aynan shu ish bilan shug’ullandik.

8:57 — 8:59 (Kulgu)

9:01 — 9:05 Olti oy 4 oyga aylandi, keyin 2, keyin bir — TED tashkilotchilari

9:05 — 9:08 nutq qiluvchilarning ro’yxatini e’lon qilishdi.

9:08 — 9:10 Men saytga kirdim va o’zimni suratimni ko’rdim,

9:10 — 9:12 menga shunday qarayotgandi.

9:12 — 9:13 Topingchi, keyin kim uyg’ondi?

9:13 — 9:16 (Kulgu)

9:17 — 9:20 Vahimali Mahluq esidan og’ayotgandek edi,

9:20 — 9:23 bir sekund o’tgach shunday tartibsizlik boshlandi.

9:23 — 9:25 (Kulgu)

9:28 — 9:31 Maymuncha, eslataman, mahluqdan o’lgudek qo’rqadi.

9:31 — 9:32 Tezda palmaga chiqadi.

9:32 — 9:33 Nihoyat

9:33 — 9:36 Ratsional inson shturvalni o’z qo’liga oladi,

9:36 — 9:37 va men ishlashni boshlayman.

9:37 — 9:40 Vahimali Mahluqning paydo bo’lishi

9:40 — 9:43 prokrastinatorlarning barcha ahmoqliklarini izohlaydi.

9:43 — 9:46 Masalan, menga o’xshash kimdir ishga kirishishni

9:46 — 9:49 ikki haftaga orqaga suradi,

9:49 — 9:52 keyin esa qandaydir mo’jiza unda ishga chanqoqlik uyg’otadi.

9:52 — 9:55 Va u tuni bilan uxlamasdan sakkizta bet yozadi.

9:56 — 9:59 Bu uchta personalj haqidagi butun voqelik —

9:59 — 10:01 prokrastinatorning ishlash sxemasidir.

10:02 — 10:06 Unchalik yoqimli emas, lekin bu ishlaydi.

10:06 — 10:10 Mana o’z blogimda ikki yil oldin nima haqida yozishga harakat qilgandim.

10:10 — 10:13 Bu ishni qilganimdan keyin esa sharhlar meni hayron qoldirdi.

10:13 — 10:15 Mingga yaqin xabar oldim.

10:15 — 10:18 Dunyo bo’ylab turli xil insonlardan,

10:18 — 10:19 har xil kasb egalari:

10:19 — 10:22 hamshira, bankir, rassom, muhandis,

10:22 — 10:25 va juda ko’pchilik aspirantlardan.

10:25 — 10:27 (Kulgu)

10:27 — 10:29 Va ularning hammasi bir gap aytishardi:

10:29 — 10:31 «Menda ham shunday muammo».

10:31 — 10:35 Lekin meni hayron qoldirgani postning yengilligi va

10:35 — 10:37 bu xabarlarning jiddiyligi orasidagi farq.

10:37 — 10:40 Odamlar tushkun kayfiyatda edi,

10:40 — 10:43 prokrastinatsiyaning ularni hayotiga ta’siri,

10:43 — 10:45 maymunchaning qilgan ishlaridan.

10:47 — 10:50 Men o’ylanib qoldim:

10:50 — 10:53 agar prokrastinatorlarning sxemasi ish bersa, muammo nimada?

10:53 — 10:56 Nimaga bu insonlar shunchalik tushkun kayfiyatda?

10:56 — 10:59 Aslida, prokrastinatsiyaning ikkita turi bor ekan.

11:00 — 11:03 Bugun keltirgan hamma misollarim, gapirganlarimda

11:03 — 11:04 aniq bir muddat mavjud.

11:04 — 11:05 Muddat qo’yilganda esa

11:05 — 11:08 prokrastinatsiyaning ta’siri vaqt bilan chegaralangan —

11:08 — 11:10 Vahimali Mahluqqa rahmat.

11:10 — 11:12 Lekin prokrastinatsiyaning boshqa turi ham bor,

11:12 — 11:15 hech qanday muddat bo’lmaganda.

11:15 — 11:18 Karyerangizni qurishni xohlaysiz, shaxsiy ishingizni ochishni,

11:18 — 11:20 ijod qilish yoki biznes boshlashni,

11:20 — 11:23 ularda muddat yo’q, chunki siz o’zingiz ishlashni boshlamaguningizcha,

11:24 — 11:26 ishingiz iziga tushib ketmaguncha

11:26 — 11:27 hech narsa yuz bermaydi.

11:27 — 11:31 Karyeradan tashqari aniq bir muddati bo’lmagan

11:31 — 11:32 yana boshqa muhim narsalar ko’p.

11:32 — 11:35 Masalan, ota-onangizni ko’rishga borish, sport bilan shug’ullanish,

11:35 — 11:37 munosabatlarni mustahkamlash

11:37 — 11:40 yoki ularni yakunlash, bu sizni holdan toydirgan bo’lsa.

11:40 — 11:45 Agar prokrastinator uchun muhim vazifalarni bajarishning yagona yechimi —

11:45 — 11:47 mahluqning yordami bo’lsa, bu katta muammo.

11:47 — 11:49 Chunki, muddatsiz holatlarda

11:49 — 11:51 hech qanday mahluq yordamga kelmaydi.

11:51 — 11:53 U uyg’onmaydi.

11:53 — 11:55 Bu holatda prokrastinatsiya umuman chegaralanmaydi,

11:55 — 11:57 hammasi orqaga surilib boraveradi.

11:58 — 12:01 Aynan shunday uzoq muddatli prokrastinatsiyaga

12:01 — 12:04 kamdan-kam holatlarda e’tibor beriladi va kam muhokama qilinadi.

12:04 — 12:07 Yakuniy muddati bo’lgan prokrastinatsiya ko’proq qiziq ko’rinadi.

12:07 — 12:10 Muddatsiz prokrastinatsiya tinch va sezilmas azobdir.

12:11 — 12:12 U uzoq muddatli azoblar

12:12 — 12:16 va afsuslar o’chog’iga aylanishi mumkin.

12:17 — 12:19 Menimcha, aynan shu sabab ushbu insonlar menga yozishgan.

12:19 — 12:22 Shu sabab ular shunchalik tushkunlikda edi.

12:22 — 12:25 Ularning muammosi shoshilinch va majburiy vazifalar emas,

12:25 — 12:27 muammo — hayoti qanday o’tib ketayotganini kuzatishga

12:27 — 12:28 majbur qilayotgan

12:28 — 12:30 davomiy prokrastinatsiya.¶

12:31 — 12:34 Ular orzularini amalga oshira olmaganidan emas,

12:34 — 12:37 ularga erishishga harakat qilishni boshlay olmaganlaridan tushkunlikda.

12:37 — 12:41 Bu xabarlarni o’qib, men birdan shuni tushundim:

12:42 — 12:46 aslida prokrastinator emas insonni o’zi yo’q.

12:46 — 12:49 Xa, hammangiz prokrastinatorsizlar deb hisoblayman.

12:50 — 12:52 Balki unchalik beparvomasdirsizlar,

12:52 — 12:53 ko’pchiligimizga o’xshab,

12:53 — 12:55 (Kulgu)

12:55 — 12:58 ko’pchiligingiz esa muddatlarga jiddiy yondashasizlar.

12:58 — 13:01 Lekin bilingki, maymunchaning eng makkor xiylasi

13:01 — 13:02 muddat bo’lmaganda amalga oshadi.

13:03 — 13:05 So’ngida yana bir narsa ko’rsatmoqchiman.

13:05 — 13:08 Men buni hayot kalendari deb atayman.

13:08 — 13:13 Bunda 90-yillik hayot aks etgan va har bir hafta uchun bittadan kvadrat.

13:13 — 13:15 Kvadatlar unchalik ko’p emas,

13:15 — 13:18 uni ham ko’pchilik qismini sarflashga ulgurgansiz.

13:19 — 13:24 Bu kalendarga yaxshilab nazar solishimiz kerak.

13:25 — 13:28 Aslida nimalarni ortga surayotganimizni o’ylashimiz kerak.

13:28 — 13:31 Bu narsa har birimizni hayotimizda yuz beradi.

13:33 — 13:36 Lahzali zavqni talab qiladigan maymuncha haqida o’ylang.

13:37 — 13:40 Bu vazifa hammamiz uchun.

13:41 — 13:43 Kvadratlarning unchalik ko’p emasligi uchun ham

13:43 — 13:45 aynan bugundan boshlashimiz kerak.

13:45 — 13:48 Balki… bugunmasdir…

13:48 — 13:50 (Kulgu)

13:50 — 13:51 O’zingiz tushunasiz.

13:52 — 13:53 Qachondir keyin.

13:53 — 13:54 Rahmat



No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

два × один =