2-IYUL – OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI TO’G’RISIDAGI QONUN QABUL QILINGAN KUN!

02.07.2024

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda soʻl tomonida bugʻdoy boshoqlari, Oʻng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.

Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlugʻ ramzidir.

Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli boʻlgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yoʻlidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga “Oʻzbekiston” deb yozib qoʻyilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve − nine =