200 NAFAR O’QITUVCHI FRANSIYADA MALAKA OSHIRADI

11.05.2024

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini Fransiyaning nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuborish yuzasidan yangi loyihaga start berildi.

Ayni paytda butun Respublikamiz bo’ylab ushbu loyihaning birinchi bosqichi bo’lib o’tdi.

Bunda barcha hududlardan fransuz tili ustozlari “Ev@lang” platformasi orqali Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida test topshirishdi.

Test natijalariga ko’ra tanlab olingan o‘qituvchilar fransiyalik tajribali mutaxassislar tomonidan 30 soatlik offlayn shaklda hamda 15 soatlik onlayn shaklda malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 − seven =