2019/2020 O‘QUV YILI UCHUN DAVLAT STIPENDIYALARI G‘OLIBLARI MA’LUM BO‘LDI

21.09.2019

O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining bayoni bilan 2019/2020 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tayinlandi.

Yurtimizdagi OTMlarning 205 nafar iqtidorli talabasi nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishdi:

  • Navoiy davlat stipendiyasi – 66 nafar;
  • Beruniy davlat stipendiyasi – 61 nafar;
  • Ulug‘bek davlat stipendiyasi – 9 nafar;
  • Ibn Sino davlat stipendiyasi – 10 nafar;
  • Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasi – 3 nafar;
  • Islom Karimov davlat stipendiyasi – 56 nafar.

Sovrindor talabalarga 2019-yil 1-sentabridan boshlab joriy o‘quv yili davomida davlat stipendiyasi tayinlanadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 + 10 =