2019-2020-O‘QUV YILIDA IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI MA’LUMOT OLISH BO‘YICHA OTMLAR RO‘YXATI TASDIQLANDI
27.07.2019O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019-yil 18-iyuldagi 3-son bayoni qaroriga muvofiq, respublika oliy ta’lim muassasalarida 2019/2020-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi ma’lumot olish (jumladan, sirtqi ta’lim shaklida) bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanali xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun hujjatlar 20-iyuldan 20-avgustgacha qabul qilinadi.
Quyida mazkur ro’yxat bilan tanishishingiz mumkin:



