2019/2020 O’QUV YILIDA O’zDJTUGA 2185 TA TALABA QABUL QILINADI

20.06.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilishning parametrlari tasdiqlandi.

Mazkur qaror asosida O`zbekiston davlat jahon tillarining bakalavrlar tayyorlash bo`yicha kunduzgi ta’lim shakliga jami 2 185 ta talaba qabul qilinadi. Ulardan 330 tasi grant asosida, 1855 tasi esa to`lov-kontrakt asosida saralab olinadi.

Kechki ta’limga esa jami 260 nafar talaba qabul qilinishi belgilandi.

Magistrlar tayyorlash bo`yicha O`zDJTUga 185 nafar talaba qabul qilinadi. Ulardan 37 tasi grand asosida, 148 tasi esa to`lov-kontrakt asosida o`qitilishi belgilab qo`yildi. Ma’lumot o`rnida: turdosh bo`lmagan bakalavr yo`nalishlar ham magistraturaga topshira oladi. Joriy yilda ko`plab Oliy ta’lim muassasalarida magistratura bo`yicha yangi yo`nalishlar ochildi.

Ma’lumot o`rnida aytib o`tish joizki, ushbu o`rinlar faqat davlat parametrlari bo`yicha belgilangan. Bu raqamlar OTMlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, qo`shimcha kontrakt hisobiga yana oshishi mumkin.

Manba: uzswlu.uz

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Bahidor Saidov
    #1 Bahidor Saidov 19 May, 2020, 20:46

    Jahon tillari universiteti chet el davlatlari bilan hamkorlik bormi?Misol uchun Amerika davlati!Bu davlatda Magist darajasini tamomlab melsa bo’ladimi??Hamkorlikalri bormi demoqchiman?

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three − 1 =