2020/2021 O‘QUV YILIDAN BOSHLAB PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI TARMOG‘I TASHKIL ETILADI

09.09.2019

2019 yil 6 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi.

Farmon bilan 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab xalqaro tasniflagichning tegishli darajalariga mos keluvchi dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro‘yxatlari tasdiqlandi.

Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar o‘quv-metodik rahbarlik qilish hamda bu sohada davlat siyosatini yuritish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimida tegishli ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi.

Jumladan,

– kasb-hunar maktablarida:maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim beriladi;ta’lim olayotgan o‘quvchilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi. 

– kollejlarda:

kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi.

– texnikumlarda:

umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi;

texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

1. Boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari (Kasb-hunar maktablari) ro‘yxati

2. O‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari (kollejlar) ro‘yxati

3. Oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etiladigan texnikumlar ro‘yxati

Manba: edu.uz

30 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Omadbek
    #1 Omadbek 3 May, 2020, 14:28

    Fikr yahshi savol bor edi sirtqi talim yo’nalishi bo’yicha sirtqi talimda o’qish uchun imtihonlar bo’ladimi??

    Reply this comment
  2. Diyorbek
    #2 Diyorbek 13 May, 2020, 11:35

    Assalomu aleykum texnikumlarda kirish imtixonlar qachon va qay tartibda bõladi

    Reply this comment
  3. davronbek
    #3 davronbek 22 May, 2020, 08:14

    Men.9-sinf bitiruvchisiman.men 9-sinfni bitirib maxsus kollejlar va litseylarga va texnikumlarga kirmoqchiman.kelajakda bo’g’alter bolmoqchiman.oshanga qachondan imtixonga tayyorgarlik korsam boladi

    Reply this comment
  4. Xotima Ismoilova
    #4 Xotima Ismoilova 4 Iyun, 2020, 15:32

    Kollejlarga qabul qachondan boshlanadi bu haqida brifingda toliq ma’ lumot berilmadi, faqat OTMlar haqida gapirildi.

    Reply this comment
  5. Temirova Zuxro
    #5 Temirova Zuxro 11 Iyun, 2020, 15:23

    Men bisnes maktabini dasturchi mutaxasisligini bitirdim 6 yil kompuyuter saboqlari to’garagini olib bordim men mutaxasisligim buyicha oliy ta’limga suhbat asosiida oqishisga qabul qilinamanmi

    Reply this comment
  6. Marjona
    #6 Marjona 13 Iyun, 2020, 22:23

    Texnikum da nechta yònalishlar bor shular haqda ma’lumot bersangiz

    Reply this comment
  7. Borıboyeva laylo
    #7 Borıboyeva laylo 22 Iyun, 2020, 19:41

    Asalom aleykum uzur kollejga qanday royhatdan otsa boladi?

    Reply this comment
  8. OYBEK
    #8 OYBEK 6 Iyul, 2020, 17:49

    Sentyabrdan kasb hunar kollejlari ochiladimi

    Reply this comment
  9. Mirzarahmon
    #9 Mirzarahmon 9 Iyul, 2020, 13:06

    Kasb hunar kollejlari haqida ma’lumot kerak edi iltimos

    Reply this comment
  10. Feruza
    #10 Feruza 9 Iyul, 2020, 14:19

    kollejlarga qabo’l qachon va qaysi shaklda bo’ladi. Online shaklda bo’lsa qaysi sayt orqali kirishimiz mumkin. Shuni bilmoqchiman

    Reply this comment
    • Farzona
      Farzona 20 Iyul, 2020, 12:49

      Toshkent Kasb hunar kollejiga qabul qachondan boshlanadi tôliqroq qlb yoritib bersangiz

      Reply this comment
  11. Alisher
    #11 Alisher 10 Iyul, 2020, 18:49

    Assalomu aleykum texnikumga joriy yilda kasb hunar kollejini bitirganlar ham topshirsa bo’ladimi va tartibi qanday

    Reply this comment
  12. Muhammadjon
    #12 Muhammadjon 15 Iyul, 2020, 13:18

    Manga Marg’ilon shahridagi kasb hunar kollejga kirmoqchichiman qabul qachon tugaydi

    Reply this comment
  13. Ibrohim
    #13 Ibrohim 17 Iyul, 2020, 18:06

    Ko’llejga kirvotganda imtihon bo’ladimi yoki imtihon topshirmasdan faqat kantrakt asosida o’qiladimi

    Reply this comment
  14. sardor
    #14 sardor 19 Iyul, 2020, 10:44

    2020-2021 o’quv yili karantin tugamasa ham maktablarda ta’lim boshlanadimi?

    Reply this comment
  15. Mustafo
    #15 Mustafo 22 Iyul, 2020, 06:45

    Assalomu alaykum mening tibbiyot texnikum toĝrisida edi yani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jaomat salomatligi texnikumi necha yil boladi kontrak asosida boladimi qabul qachon boladi

    Reply this comment
  16. Inoyatbonu
    #16 Inoyatbonu 1 Avgust, 2020, 14:35

    Texnikumlarga nechanchi sinf bitiruvchilari qabul qilinadi? Texnikumlarga qanday yoʻnalishlar bor?

    Reply this comment
  17. Solijon
    #17 Solijon 17 Avgust, 2020, 12:23

    OTM ga hujjat topshirgan abituriyentlar texnikumga ham hujjat topshirsa boladimi? Hech qanday muammo bolmaydimi?

    Reply this comment
  18. I can fly
    #18 I can fly 25 Avgust, 2020, 16:54

    Man qabuldan ötiwi chumadm tibbiyot kollejlariga online tarzda röyxatan ötish uchun maxaus silka bormi

    Reply this comment
  19. Ziyodaxon
    #19 Ziyodaxon 31 Avgust, 2020, 20:11

    Kasb-xunar maktablari òqituvchilariga xususan mutahassislarga qancha oylik tòlanadi

    Reply this comment
  20. sunnatulla Mavlanov
    #20 sunnatulla Mavlanov 6 Sentabr, 2020, 23:52

    Assalomu alekom men oqishga kirmohchidm

    Reply this comment
  21. Abdurahim
    #21 Abdurahim 12 Sentabr, 2020, 15:28

    Tehnikumlarga qay tarzda hujat topshiriladi qachondan hujatlar topshiriladi

    Reply this comment
  22. Husanboy
    #22 Husanboy 21 Sentabr, 2020, 19:48

    Salom kallejni sirtqini tugatganlar oliy ta’limga bez imtixom qabul qilinadimi

    Reply this comment
  23. Anvarjon
    #23 Anvarjon 26 Sentabr, 2020, 22:42

    Texnukumlani imtixoni qachondan boshlanadi

    Reply this comment
  24. Diyorbek Mavlonov
    #24 Diyorbek Mavlonov 2 Oktabr, 2020, 15:12

    Med kollejlarda qachon Imtihon boshlanadi?

    Reply this comment
  25. Abdurazzoqovamaftuna@mail.ru
    #25 Abdurazzoqovamaftuna@mail.ru 17 Oktabr, 2020, 12:25

    Assalomu alekom ped kollejga kirish imtihonlari qachondan va qaysi sanlar boyicha boladi

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 − два =