2021-YIL — “TURK TILI VA YUNUS EMRO YILI”

16.07.2021

Turk tili, madaniyati va o’zligini saqlab qolish Turkiya davlatining ustuvor maqsadlaridan biri bo’lib, mazkur ustuvor maqsadni amalga oshirishda Yunus Emroning she’riy va adabiy merosi asosiy poydevordir.

XIII asrda yashagan atoqli turk shoiri Yunus Emro vafotining 700 yilligini o’tkazish YUNESKO tomonidan tashkillashtiriladigan 2021-yilgi tadbirlar ro’yxatiga kiritildi. Shuningdek, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdog’an 2021-yilni “Turk tili va Yunus Emro yili” deb e’lon qildi.

Erdog’anning so’zlariga ko’ra, Yunus Emro insonparvarlik, birodarlik, tinchlik va bag’rikenglikka bag’ishlangan o’z she’rlarida butun insoniyatga dini, tili yoki irqidan qat’i nazar eng sof turk tilida murojaat qilgan.

Turkiya Prezidentining fikriga ko’ra, taniqli shoir o’z davridan ancha oldinda bo’lib, odamlarni qadriyatlar atrofida birlashtirib, jahon insonparvarligining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.

O’z xalqi xotirasida unutilmas iz qoldirgan shoir

Yunus Emro — turk adabiyoti tarixidagi eng yorqin va taniqli shaxslardan biri, o’z xalqi xotirasida unutilmas iz qoldirgan shoir.

Yunus Emro hayoti haqidagi ma’lumotlar juda kam  — uning tarjimai holi afsonalar, avtobiografiya ko’rsatmalari va asarlarining o’xshashligi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, shoir 1240-yilda Eskishahar nomi ostidagi Sariqoy qishlog’ida tug’ilgani, she’rlari yashirin ma’no va nasihat bilan to’lgan, yuruvchi darvish, tafakkur sohibi va shoir ekani ma’lum. Yunus Emro o’z davrida ishlatilgan fors yoki arab tilida emas, balki o’z she’riyatida birinchilardan bo’lib ayni so’zlashuvdagi turkiy tildan foydalangan atoqli shoirdir.

Shoir she’rlarining tili hamma uchun tushunarli va sodda edi, shuning uchun uning asarlari xalq tomonidan juda iliq qabul qilingan bo’lib, oson tushunilgan.

Yunus Emro 1320-yilda vafot etdi. O’limidan so’ng, u tarixda nafaqat so’fiylikning yetakchi vakillaridan biri sifatida, balki turk she’riyatining asosini yaratgan shoir sifatida ham katta e’tirofga sazovor bo’ldi.

Vatan himoyachisi — til

Turkiya Prezidentining so’zlariga ko’ra, “madaniy imperializmga qarshi kurashning asosiy jabhasi, birinchi navbatda, bizning tilimizni himoya qilishdir”, — dedi Prezident Erdog’an.

“Vatanni birinchi navbatda o’z tili, keyin esa uning armiyasi himoya qiladi. Shuning uchun biz turk tilini qattiq himoya qilishimiz kerak”, — dedi u.

Shuning uchun turk tilini, madaniyatini va o’zligini saqlab qolish davlatning ustuvor maqsadlaridan biri bo’lib qoladi va Yunus Emroning she’riy va adabiy merosi buning uchun yaxshi asosdir.

Yunus Emro instituti

Turkiya hukumati tashabbusi bilan 2007-yilda Yunus Emro instituti (turk davlat notijorat tashkiloti) tashkil etildi — faoliyati turk tili va madaniyatini ommalashtirish, shuningdek, dunyoda Turkiyaning obro’sini yaxshilashga qaratilgan.

Yunus Emro instituti dunyo bo’ylab 50dan ortiq mamlakatda o’z vakolatxonalariga ega va xorijliklarga turk tilini o’qitish bilan bir qatorda, madaniy, badiiy va ilmiy faoliyatni ham o’z ichiga oladi.

Albatta, she’riyati insonparvarlik, umuminsoniy qadriyatlar, umuminsoniy birlik va ona tiliga bo’lgan muhabbatga oshufta bo’lgan Yunus Emro kabi shaxslar tufayli Turkiya o’z madaniy va milliy o’zligini saqlab qolgan mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × three =