20DAN ORTIQ XORIJIY OLIMLARNI BIRLASHTIRGAN ONLAYN ANJUMAN

27.04.2020

Kuni kecha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetining Nemis va fransuz tillari kafedrasi tomonidan “Xorijiy tillarni o‘rgatishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishning maqsad va vazifalari hamda dolzarb usullari” mavzusidagi respublika miqyosidagi onlayn ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi.

Ilmiy-amaliy anjuman ilm-fan va ma’rifat to‘xtovsiz jadallik bilan rivojlanayotgan bir paytda ta’lim tizimi barcha bosqichlarida xorijiy tillarni o‘rgatishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishga oid so‘nggi ilmiy natijalar, muammo, tajriba hamda istiqbol masalalarini fikr-mulohazalar uyg‘unligida yechimini topishni maqsad qilgan.

Mazkur anjumanda Amerika, Angliya, Fransiya, Ispaniya, Hindiston, Germaniya kabi davlatlardan 20 dan ortiq xorijiy olimlar, shuningdek, mamlakatimizning Toshkent, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona, Navoiy kabi shahar OTM laridan 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, mutaxassislar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar, magistr va iqtidorli talabalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Universitet rektori O.X.Xamidov kirish so‘zida ushbu konferensiyadan ko‘zlangan maqsad va vazifalar haqida xorijiy tilda aytib barcha ma’ruzachi va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirgan holda anjumanni ochib berdi.

Onlayn anjumanda Ispaniya xalqaro taraqqiyot agentligi mutaxassisi Alvaro Markos Markos, Fransiyaning Rens shahridagi Gruppama kompaniyasi boshqarmasi boshlig‘i, iqtisodchi diplomat, korpus lingvist Azimov Muxsin, Dr. Zamira Akobirova (Professor of University of Kansas), Dr.Lynn Zimmerman (Purdue University Calumet), Fransiyaning Tur shahridagi Turin instituti fransuz tilini chet tili sifatida o‘rgatish metodisti Mishel Byusso, Fransiyaning Tuluz shahri, fransuz tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassislari , BuxDU volontyor o‘qituvchilari Ann Mari hamda Jan Jak va ko’plab mahoratli professor-o’qituvchilar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Bu kabi onlayn videokonferensiyalar, nafaqa, tajriba almashishda, balki, karantin davrida ham xorijiy mutaxassislar hamda professor-o’qituvchilar  bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ta’lim tizimini yuqori bosqichlarga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Quyidagi videolavha orqali onlayn anjuman bilan qisqacha tanishishingiz mumkin:

 BuxDU, Lingvistika (fransuz tili) ta’lim yo‘nalishi,
2-kurs magistranti M.M.Jo‘rayeva

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty + 13 =