5 YILLIK STAJGA EGA XODIMLAR TAVSIYA ASOSIDA TEST SINOVLARISIZ TALABALIKKA QABUL QILINADI

19.06.2019

O‘zbekiston Prezidentining 2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi.

Qarorga asosan, Oliy ta’lim muassasalariga 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining (ish beruvchilar) ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi ta’lim shaklining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan yo‘nalishlar doirasida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qitishni tashkil etish huquqi berildi.

Bunda, o‘qishga qabul qilish tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar hisobidan keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.

Hujjatga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori oliy ta’lim muassasasining salohiyati va hududiy joylashuvi, shuningdek abituriyentlarning oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Bunda, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kirish sinovlari natijasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlari doirasida o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, ularning to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Manba: kun.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen − 11 =