7 MAMLAKAT VAKILLARINI O’ZIDA JAMLAGAN XALQARO KONFERENSIYA: “O‘ZBEKISTON XALQARO MEDIA IMIJINING KOGNITIV ASPEKTLARI: NAZARIYA VA AMALIYOT”

25.12.2020

2020-yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar fakulteti PR va xalqaro kommunikatsiya kafedrasi hamda “O’zbekistonda xorijiy tillar” elektron jurnal va Internet portali bilan hamkorlikda “O‘zbekiston xalqaro media imijining kognitiv aspektlari: nazariya va amaliyot” mavzusida onlayn konferensiya o‘tkazildi.

Anjuman doirasida quyidagi mavzular muhokama qilindi:

  • xalqaro media tizimlar va media muhitning joriy holatini (respublika va xalqaro kesimda) tahlil etish;
  • davlat imiji masalasiga doir yangi yondashuvlarga nazar tashlash, davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining xalqaro jurnalistlar va OAVlari bilan ishlash masalasiga e’tibor qaratish;
  • xalqaro media va jamoatchilik bilan aloqalar tizimida kadrlar tayyorlash masalasi va ta’limi muammolari va boshqalar.

Konferensiyada yurtimiz oliy ta’lim muassasalari vakillari qatorida “Amerika ovozi” o‘zbek xizmati, VVS o‘zbek xizmati, France Press, Interfax, Sputnik, Sinhua axborot agentliklari, VGTRK, TRT teleradiokompaniyasi ijodkorlari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Filologiya fanlari doktori, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Xurshid Do’stmuhammad, AQShning Texas universiteti “Kommunikatsiya” fakulteti professori Jang Juyan, Turkiyaning Anqara universiteti professori Ahmet Akalin, AQShning “Amerika ovozi” teleradiokanali muharriri Navbahor Imamova, Tojikiston milliy universiteti dotsenti Qutbiddin Muxtori, Qozog’istonning “Выбирай PRO” konsalting markazi eksperti, mediatrener Tatyana Golubsova va shu kabi sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan bildirilgan fikrlar, yangi g‘oyalar, innovatsion yondashuvlar soha doirasidagi amaliy va nazariy bilimlarni yanada mustahkamlashga yordam beradi.

Mazkur anjumanda media sohasidagi xorijiy va milliy ekspertlar, OAV vakillari bilan hamkorlik va muntazam muloqot imkoniyati yaratildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × 3 =