ABDULLA ORIPOV SHE’RLARI TURK TILIDA

25.03.2021

Joriy kunlarda o‘zbek xalqi, xususan, butun ahli ijod xalqimizning sevimli shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 80 yillik yubileyini nishonlamoqda.

Ushbu muborak sana munosabati bilan “Nodirabegim” nashriyotida turk tilida “Abdulla Aripov. Seçme Şiirler” (Abdulla Oripov. Tanlangan she’rlar) nomli kitob nashrdan chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yo‘nalishida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi dotsenti Xayrulla Hamidov tomonidan atoqli o‘zbek shoiri, o‘zining betakror, chuqur falsafiy, tabiiy kechinmalar va teran obrazli mushohadalarga boy, qalb qo‘ridan sizib chiqqan ehtiroslari, she’riyatga olib kirgan ohanglari, badiiy uslubining o‘ziga xosligi, hayot hodisalarining yangicha talqini bilan o‘z adabiy maktabini yaratishga muvaffaq bo‘lgan ijodkor Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab nashrga tayyorlangan va shoir yubileyi arafasida universitet rektori Gulchehra Rixsiyevaning so‘zboshisi, shoirning farzandi Shoira Oripovaning “Xotima”si, shuningdek, taniqli shoir Minhojiddin Mirzoning “Ustoz maktabi” she’rining turk tiliga o‘girilgan she’ri ham kiritilgan mazkur kitobdan buyuk shoirimizning Vatanga sadoqat, xalqparvarlik, ijtimoiy-falsafiy va ishq-muhabbat mavzularida turli yillarda yozgan 50 dan ziyod she’ri, umr, adabiyot, ona tili haqidagi falsafiy fikrlari, hikmatli so‘zlarining turkcha tarjimalari o‘rin olgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ustoz-shogird an’anasi asosida amalga oshirilgan tarjimalar jamlangan kitobda Abdulla Oripovning “O‘zbekiston”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?”, “Vatan”, “Men – o‘zbekman”, “Ona tilim”, “Xalqim”, “Munojot”ni tinglab…”, “Dunyoni qizg‘anma mendan”, “Ayol”, “Onajon”, “Birinchi muhabbatim”, “Sen bahorni sog‘inmadingmi?”, “Yaxshi qol, ey dilbarim!”, “Vafo qilurmisan, bahorim?” kabi she’rlarining turkcha tarjimalarini o‘qiysiz.

Ushbu kitob Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasining buyuk adib tavalludining 100 yilligiga kamtarona tuhfasi bo‘ladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen + two =