ABDULLA QODIRIYNING “O’TGAN KUNLAR” ROMANI TARJIMONI MARK EDUARD RIZ O’zDJTUga TASHRIF BUYURDI

29.04.2021

2021 yil 29 aprel kuni oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” (Bygone Days) romanini ingliz tiliga tarjima qilgan AQShlik madaniyatshunos olim Mark Eduard Riz O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida AQShlik olim universitet rahbariyati hamda professor-o’qituvchilar bilan uchrashdi.

Suhbat davomida tomonlar Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani tarjimasi davomida bajarilgan mashaqqatli ishlar haqida, katta mehnat natijasi o’laroq bugun kitob dunyo bo’ylab keng ommaga taqdim qilinayotganini ta’kidladilar.

O’zDJTU rahbariyati bundan keyin ham Mark Riz bilan hamkorlikda o’zbek yozuvchilarining boshqa durdona asarlarini ham ingliz tiliga tarjima qilishga hamda tarjima jarayoniga universitetning iqtidorli talaba yoshlarini jalb etishga kelishib olishdi.

Uchrashuvda xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A.Abudjanov, qo’shma ta’lim dasturlari bo’limi boshlig’i X.Yuldashev, xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i X.Alimova, O’zbekiston ingliz tili o’qituvchilari assotsiatsiyasi (UzTEA) rahbari F.Rashidova, Tarjimonlik fakulteti dekani P.Omonov, Ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri J.Abdug’aniyeva, profeesor-oqituvchilar A.Xamidov, B.Xolbekova, M.Qodiriy, U.Bekmurodov va talabalar ishtirok etishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

18 + seven =