Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyiga Koreyaning Jeollanamdo xalqaro ta’lim boshqarmasidan vakillar tashrif buyurishdi.
Boshqarma rahbari Heo Kwang bilan muzokara jarayonida tomonlar bir qancha takliflarni qarab chiqishdi va qator kelishuvlarga erishildi.
Ikki muassasa o’rtasida talaba almashinuvini yo’lga qo’yish, shu jumladan, o’qituvchilarni malaka oshirish masalalari ham kun tartibidan joy oldi.