AKS SADO

24.05.2024

Ota bilan o‘g‘il tog‘da aylanib yurishgandi. Bexosdan bolakay toshga  chalinib yiqilib tushdi. Yengil jarohat olgan bola: — “Voy, voy!”deb baqirganida, tog‘ning qayeridandir xuddi shunday ovoz eshitildi. U hayratlanib: “Sen kimsan?” deb aytganida, u ham “Sen kimsan?” deb javob qaytardi. Bolakay lol qolganidan ko‘zlarini katta-katta ochib tog‘ga qarab qichqirdi.

  Bolakay jahl bilan “Qo‘rqoq!”deb baland ovozda javob qaytardi va “Qo‘rqoq!” degan ovoz eshitildi. Bolaning jig‘i biyron bo‘lib, otasiga yuzlandi: -“Ota, nima bo‘lyapti? Men tushunmayapman!” , deb so‘radi. Ota o‘g‘liga qarab tabassum bilan: “ Diqqat bilan qarab tur!” dedi. Ota: – “Men seni yaxshi ko‘raman!” deb ovozini boricha baqirdi va “Men seni yaxshi kòraman” degan ovoz tog‘dan keldi. Ota yana:-“Sen chempionsan!” ,deb baqirdi va shu so‘zlar yana takrorlanib eshitildi. Farzand hayratlanib nima bo‘layotganini anglay olmadi.

   Keyin ota o‘g‘liga tushuntira boshladi: “Bu ovozni odamlar “aks sado” deydi, lekin bu haqiqiy hayot demakdir. Sen nimaiki aytsang yoki qilsang, u senga hammasini qaytaradi. Demak, hayot bizning harakatlarimizning oddiygina ifodasidir. Agar sen bu dunyoda ko‘p mehrni xohlasang, avval o‘zingning yuragingni mehrga to‘ldir. Agar sen jamoada o‘z iste’dodingni ko‘rishni istasang, mahoratingni yanada shakllantir! Ya’ni bu munosabat hayotning barcha jabhalarida muhim o‘ringa ega. Sen hayotga nima bersang, u hammasini birma-bir qaytaradi. Hayoting tasodif emas, balki u sening ko‘zgudagi aksingdir!

Sabirova Saida tarjimasi,
O‘zDJTU 3-bosqich talabasi
www.inspirationpeak.com saytidan tarjima qilindi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × four =