AL-BUXORIY NOMIDAGI XALQARO UNIVERSITET (MALAYZIYA) YOSH TALABALARGA CHET ELDA O‘QISH UCHUN 50 TA STIPENDIYA TAKLIF ETADI
02.03.2020Al-Buxoriy nomidagi xalqaro universitet bu – xayriya ta’lim muassasasi, talabalarni o‘qitish va turar joy bilan ta’minlash xarajatlari Al-Buxoriy jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi. Bu haqida «El-yurt umidi» jamg’armasi xabar bermoqda.
Xalqaro ta’lim muassasasi sifatida Al-Buxoriy nomidagi xalqaro universitet dunyoning ko‘plab mamlakatlarida musulmonlar yashaydigan ko‘plab talabalarni qabul qiladi.
Al-Buxoriy xalqaro universitetining siyosati ilgari bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat.
Talablar:
– 18 yoshdan 22 yoshgacha;
– 12 yillik umumiy ma’lumotga ega bo‘lish;
– ingliz tilini IELTS 5.5 o‘rta darajasida bilishi kerak.
Malayziya tomoni quyidagi xarajatlarni qoplaydi:
– o‘qish uchun to‘lov (shu jumladan, akademik xarajatlari);
– turar joy va ovqatlanish xarajatlari;
– oylik stipendiya (taxminan 110 AQSh dollari);
– xalqaro avialiniyani – nomzod o‘z hisobidan qoplaydi.
Diqqat! Grant olishni istagan har bir kishi quyidagi link orqali arizani to‘ldirishi kerak: http://apply.aiu.edu.my/index.php?page=home
Batafsil ma’lumot uchun: https://www.aiu.edu.my
1 Comment so far
Jump into a conversationBest