«ALISHER NAVOIY VA XXI ASR» MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-NAZARIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

10.02.2020

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida jahonning o‘ndan  ortiq davlatidan tashrif buyurgan navoiyshunos, tilshunos va adabiyotshunos olimlar ishtirokida “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusida xalqaro  ilmiy-nazariy anjumani o‘tkazildi.

Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning yetakchi universitetlari professorlari o‘z ma’ruzalarida Navoiyning buyuk merosi va dunyo adabiyotida tutgan o‘rni hamda bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy tarbiya ustuvorligi siyosatiga alohida baho berib o‘tdilar.

Alisher Navoiy o‘zining purhikmat asarlari, sermazmun hayot yo‘li, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan jahon adabiyoti, ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Navoiy ijodi asrlar osha bashariyatga ezgulik va kamolotdan saboq berib kelmoqda.

Oliy ta’lim muassasalarida Alisher Navoiy asarlarini o‘rganish va o‘rgatish bugungi kunga kelib yangi bosqichga ko‘tarildi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida navoiyshunoslik sohasida olib borilayotgan tizimli ishlar esa tom ma’noda millatimiz ma’naviyatiga e’tibor va  ehtirom natijasidir.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two + 11 =