AMERIKA UNIVERSITETLARI BILAN HAMKORLIK RIVOJLANMOQDA

23.01.2020

AQShning Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari nodavlat tashkiloti tomonidan 2020-yil 29-yanvar kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari uchun, 30-yanvar 1-fevral kunlari esa oliy ta’lim muassasalari  xalqaro aloqalar bo‘limlari rahbarlari uchun trening va master-klasslar o‘tkaziladi.

Seminarlarda xalqaro hamkorlikni tashkil etish va rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarining millatlararo qamrovini kengaytirish, AQShning transfer texnologiyalari markaz va startaplarini ishga tushirish tajribasi, oliy ta’limda davlat-xususiy sheriklik aloqalarini rivojlantirish, impakt-faktori yuqori bo‘lgan nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirish, oliy ta’lim muassasalarida tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish masalalari muhokama qilinadi.

Mahorat darslari amerikalik taniqli ekspertlar, maslahatchilar va AQSh universitetlari vakillari tomonidan o‘tkazilib, ularda oliy o‘quv yurtlarining 50 nafardan ortiq xalqaro aloqalar bo‘limlari rahbarlari va xodimlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Seminar AQShning Markaziy Osiyo universitetlari hamkorligi dasturi (UniCEN) doirasida tashkil etiladi.

UniCEN dasturi tomonidan hozirda Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Urganch davlat universitetlari va AQShning turli shtatlarida joylashgan Amerika universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikning 9 ta dasturi moliyalashtirilmoqda.

Seminar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasidagi universitetlar Amerika universitetlari – bo‘lajak hamkorlari bilan grant buyurtmalarining asosini ishlab chiqishadi. Amerika universitetlariga 2020 yilda O‘zbekistondagi universitetlar bilan yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va mavjudlarini kengaytirish uchun navbatdagi grantlar taqdim etiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 + eleven =