Joriy yilning 16-sentabr kuni Nyu-York universiteti vakillari ishtirokida AQShning Toshkentdagi elchixonasida taqdimot bo’lib o’tadi, deb xabar bermoqda Amerikaning O’zbekistondagi elchixonasi.
Taqdimotning mavzusi “Amerikada ta’lim” deb nomlanib, AQShdan tashrif buyurgan universitet vakillari Amerika oliy ta’lim muassasalariga qay tartibda hujjatlar topshirish jarayonini tushuntirib beradilar.
Shuningdek, taqdimot davomida esse yozish, arizalarni to’ldirish, Nyu-York universiteti haqida ham ma’lumotlar beriladi.
Taqdimotda ishtirok etishni xohlovchilar 2019-yilning 12-sentabriga qadar onlayn tarzda ro’yxatdan o’tishlari lozim: http://bit.ly/2kiqxwT
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.