AMERIKALIK OLIM «KECHA VA KUNDUZ» ROMANINI INGLIZ TILIGA TARJIMA QILDI

04.02.2020

Michigan universiteti (AQSh) doktoranti Kristofer Fort «XXI asrda O’zbek tili» nomli maqola yozdi. Unda o’zbek tilining o’ziga xos xususiyatlari, tilning turli jihatlari haqida so’z boradi.

Kristofer Fort 1988-yilda Minnesota shtatida tug’ilgan. 2010-yilda Michigan davlat universitetini siyosatshunoslik va rus tili yo’nalishi bo’yicha tamomlagan. Ogayo shtati universitetida magistr darajasini olgan. U O’zbekistonda bir necha yil yashab, o’zbek tilini o’rgandi.

«Mavarounnahrda turkiy tilda birinchi bo’lib yozmagan bo’lsa-da, Alisher Navoiy o’zbek tilining buyuk mutafakkiri unvoniga sazovor bo’ldi, chunki u turkiy tilda chiroyli asarlar yozgan. “Muhokamat ul-lug’atayn” («Ikki til bahsi») risolasida u juda ko’p chiroyli baytlar bilan turk tilining fors tili kabi chiroyli ekanligini tasdiqlaydi, ba’zi jihatlarda u hatto undan ham ustunligini isbotlab beradi. Navoiy vafotiga besh yuz yildan ortiq vaqt o’tganiga qaramay, uning so’zlari va dalillari hali-hanuz o’z tasdig’ini topmoqda»,  — deydi Fort.

O’zbek tilining o’ziga xos xususiyatlari haqida gapirar ekan, ko’plab mualliflar so’z birikmalarida o’zbek tilidagi “marvarid”ga teng so’zlarni qo’llashini ta’kidlaydi. Misol uchun, boshqa tillarda «zavol» so’zi umuman mavjud emasligini keltiradi.

«Shaxsan men o’zbek tili lug’ati tarkibidagi so’zlar bilan emas, balki o’zbek tili sintaksisi hamda bu tildagi gap qurilishiga qiziqaman. Men uchun ona tili – ingliz tili bo’lgan bir inson sifatida shuni aytishim mumkinki,  o’zbek tilida so’z tartibini o’rganish juda qiyin bo’ldi. So’zlarning bu tartibi meni nafaqat jumlalarni tuzish tartibi haqida boshqacha fikr yuritishimga, balki men ko’rgan dunyo va men bilan muloqotda bo’lgan atrof-muhitga boshqa nuqtai nazardan qarashga majbur qildi. O’zbek tilida gapirganda, men o’zimni boshqa odam kabi his qilaman. Ushbu tilda maxsus go’zallik mavjud», — deya qayd etadi amerikalik olim.

O’zbek tili sintaksisining go’zalligi, Fort nazariga ko’ra, uning uchun sub’ektiv ahamiyatga ega. Tildagi so’zlarning tartibi eshitish uchun yoqimli nosimmetrik ohangdir. «Men»  so’zidan boshlangan har qanday jumla «-man»  qo’shimchasi bilan tugaydi, «sen» bilan boshlangan jumla bo’lsa, «-san» qo’shimchasi bilan yakunlanadi.

Navoiy, deb yozadi u, shubhasiz, bu ohangdorlikni sezgan, bu jihat uning g’azal va ruboiylarida turkiy tilda betakror ifodasini topmoqda.

Shuningdek, u Cho’lpon romanini ingliz tilida e’lon qildi.

«Yaqinda Cho’lponning «Kecha va kunduz » romanini ingliz tiliga tarjima qildim va «Akademik Stadis Press» nashriyoti tomonidan chop etildi. Men Cho’lpon asari tarjimasiga kirishdim, chunki romanning ilk sahifalarini o’qib, menda o’zbek tilining o’ziga xos uslubi sehrlanib qolgan edi. Asarda Navoiy singari Cho’lpon ham o’zbek tilining o’ziga xos imkoniyatlarini to’liq ochib beradi”.

«Globallashuv jarayonlariga qaramay, o’zbek tili jahon sivilizatsiyasiga hissa qo’shgan tilga aylandi. Badiiy o’zbek tili ustalari — Navoiy va Cho’lpon kabi mutafakkirlar jahon svilizatsiyasiga munosib hissa qo’shganlar. Tarjimon sifatida men O’zbekistonning zamonaviy yoshlari o’z ajdodlari merosi bilan faxrlanib, ularni ommalashtirishiga ishonaman», —  dedi u.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen + 5 =