ANGOLA ELCHISI BILAN TA’LIM SOHASIDA FAOL HAMKORLIKNI YO‘LGA QO‘YISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
17.09.2024Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Angola Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Augushtu da Silva Kunya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar mamlakatda oliy ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi izchil islohotlar olib borilayotganini inobatga olib, qator yo’nalishlar qatorida muhandislik va texnika yo’nalishida ta’limini rivojlantirish bo‘yicha, qolaversa ikki davlatning oliy hamda professional taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi oʻzaro aloqalarni mustahkamlash yoʻlida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.