АQSH ELCHIXONASI OʼZBEKISTONDA BOLALAR UCHUN YANGI TAʼLIMIY DASTURLAR EFIRGA UZATILAYOTGANINI EʼLON QILADI

22.09.2020

Toshkentdagi АQSh elchixonasi Oʼzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda ilk bor bolalar uchun ingliz tilida animatsion teleshou namoyish etilayotganini eʼlon qiladi. Uchta multserial – “Yoʼlbarscha Daniel va uning qoʼshnilari”, “Vivi” hamda “Garri va uning dinozavrlar toʼldirilgan chelakchasi” – bolajonlarga bilim va zavq ulashib, onlayn maktab darslari uzatilayotgan milliy telekanallar orqali efirga berilmoqda.

“Pandemiya davrida koʼplab bolalar uyda qolib, deyarli koʼngilochar taʼlimiy dasturlardan bahramand boʼla olishmadi. Biz oʼzbekistonlik bolajonlarga bunday sifatli mulseriallarni tomosha qilishga imkon berilganidan mamnunmiz. Ota sifatida bolalarbop teleshoular qanchalik zavqli va maʼrifiy ahamiyatga ega boʼlishi muhimligini yaxshi bilaman”,-

deydi АQShning Oʼzbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum.

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovga koʼra, kichik yoshdan taʼlimiy multfilmlarni tomosha qilish bolalar uchun ingliz tilini oʼzlashtirishda juda yaxshi vosita hisoblanadi. “Biz bolalarni ham maktabda, ham undan tashqarida faol oʼquv jarayoniga jalb etishimiz lozim, bunday multfilmlarni tomosha qilish esa bu boradagi ajoyib usuldir”,-

deya taʼkidladi Sh.Shermatov.

Bolalar yangi multfilmlarni Xalq taʼlimi vazirligiga biriktirilgan kanallarda quyidagi vaqtlarda koʼrishlari mumkin:

“Vivi”, undan soʼng “Garri va uning dinozavrlar toʼldirilgan chelakchasi”: soat 15:30 va 18:00 da (dushanba, chorshanba va juma kunlari);

“Yoʼlbarscha Daniel va uning qoʼshnilari”: soat 15:30 va 18:00 da (seshanba, payshanba va shanba kunlari).

Mulfilmlar haftaning oʼsha kunlarida soat 23:30 da ham namoyish etiladi.

Batafsil ma’lumot.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 5 =