AQSH ELCHIXONASI TOMONIDAN ILK BOR AMERIKACHA ERTAK VA AFSONALAR O‘ZBEK TILIDA CHOP ETILDI

05.12.2019

Toshkentdagi AQSh elchixonasi o‘zbekistonlik hamkorlari bilan “Amerika ertak va afsonalari” kitobini o‘zbek tilida chop ettirdi. Rangli rasmlar bilan bezatilgan ushbu kitobga hayvonlar, qushlar va shu kabi ko‘plab boshqa qiziqarli personajlar haqidagi 60 dan ortiq kichik hikoyalar kiritilgan bo‘lib, ular www.americanfolklore.net saytidan olingan. Kitob Toshkentdagi “Baktria Press” nashriyotida nashr etildi.

O‘zbekistonda kitob o‘qish madaniyatini, xususan, yoshlar orasida ommalashtirish bo‘yicha qator sa’y-harakatlar qilinmoqda. Ko‘pchilik Ernest Heminguey, Teodor Drayzer, Mark Tven kabi amerikalik klassiklar va ularning asarlari bilan tanish bo‘lsa-da, yosh kitobxonlar Amerika adabiyotidan unchalik xabardor emas. Ushbu kitobni bevosita ingliz tilidan tarjima qilgan holda chop ettirish orqali AQSh elchixonasi yosh o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan kitoblar nashrini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishdan mamnundir.

“Amerika ertak va afsonalari” O‘zbekistondagi kutubxonalar va maktablarga tarqatiladi. Uni Toshkentdagi Amerika markazi va Milliy kutubxonada joylashgan “AQShga darcha” xonasidan ham topish mumkin. Elchi Daniel Rozenblyum va amerikalik ingliz tili o‘qituvchilari bu kitobni talaba va o‘quvchilar davrasida o‘qib, kitob, adabiyot va mutolaaning ahamiyati xususida suhbatlashadi.

Ushbu kitob AQSh elchixonasi avvalroq o‘zbek tilida nashr ettirgan “Amerika hikoyalari”, “O‘zbekistonning ikki rivoyati” va “Raqqosa Ayiqxonim” kitoblari qatoriga qo‘shildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 4 =