AQSHLIK MUTAXASSIS “ONLAYN MAKTAB”DA INGLIZ TILIDAN DARS OʻTADI

09.11.2020

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchi-yoshlarga chet tillarini oʻrgatish sifatini yana-da yaxshilash maqsadida qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, “Onlayn maktab” loyihasi doirasida tasvirga olinayotgan umumtaʼlim maktablarning yuqori sinf oʻquvchilari uchun ingliz tili darslarini oʻtishga Madaniyat va taʼlim masalalari boʻyicha amerikalik attashe jalb qilindi. Endi oʻquvchilarda ingliz tilini xorijlik mutaxassisdan oʻrganish imkoniyati paydo boʻldi.

Joan farzandlarimizga til oʻrganishning oson va samarali yoʻllari orqali ingliz tilini oʻrganishlarida koʻmaklashadi. Bu esa oʻz navbatida oʻquvchilarning chet tilini oʻzlashtirishlarida ijobiy samara beradi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + 10 =