Joriy yilning 6-mart sanasida O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga AQSHning Arizona universitetining Yevroosiyo bo’yicha dasturlar direktori Tolga Turker tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Tolga Turker O’zDJTU Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor A. Abidjanov, Qo’shma ta’lim dasturlari bo’limi boshlig’I H. Yuldashev hamda O’zDJTU huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy – amaliy markazi direktori U.Azizov bilan uchrashdi. Uchrashuv chog’ida tomonlar o’zaro hamkorlik masalalari, jumladan, inliz tilini ikkinchi til sifatida o’qitish, professor-o’qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish yuzasidan muhokamalar olib bordilar.
Muhokamalar yakunida O’zDJTU huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi universiteti va AQSHning Arizona universiteti o’rtasida o’zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.